• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Farmonbibining shaddod kelini Nigora — 59 yoshda. Taniqli aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning hayoti va ijodi haqida (foto)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilorom Egamberdiyeva 25-oktabr kuni muborak 59 yoshga to‘ldi. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Temir xotin”, “Armon” kabi ko‘plab filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan aktrisa har doim yosh va xushbichim ko‘rinadi. Quyida jurnalistlarga deyarli intervyu bermaydigan Dilorom Egamberdiyeva haqida so‘z yuritamiz.

    Farg‘ona vodiysidan Moskvaga...

    Dilorom Egamberdiyeva 1962-yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Maktabda o‘qib yurgan davrida Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)da o‘qish uchun iqtidorli yoshlar orasidan tanlab olinadi. U 9-sinfni tamomlab, Rossiyaga ketadi va oliy o‘quv yurtida Boris Chirkovning aktyorlik kurslarida o‘qiydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Talabalik paytidanoq kino olamiga kirib kelgan aktrisa debyut rolini 1981-yil suratga olingan “Oltin jun” filmida o‘ynaydi. Zuhra ismli tarjimon qiz ijrosi unga ketma-ket loyihalar uchun eshik ochadi. 1983-yilda “Uyg‘onish” va “Yolg‘iz” kinolarida ishtirok etadi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    To‘qqiz yil umrini bilim olish maqsadida Moskvada o‘tkazgan Dilorom 1983-yili institutni bitiradi va O‘zbekistonga qaytadi.

    Mashhurlik olib kelgan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”

    Ona yurtiga qaytgan Dilorom o‘z mehnat faoliyatini “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlaydi. 1984-yili Melis Abzalov rejissorligidagi “Kelinlar qo‘zg‘oloni” badiiy filmida qatnashadi. Kartina 1985-yili ekran yuzini ko‘rgach, u Nigora roli bilan xalqqa taniladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Syomka jarayonida Dilbar opa Ikromova bilan gapimiz gapimizga to‘g‘ri kelib, juda ahil bo‘lib ketgandik. Bo‘sh qoldik deguncha bir chekkaga o‘tib olib, gapdan bo‘shamasdik. To hay-haylab chaqirishmaguncha boshqa narsa bilan ishimiz bo‘lmasdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Butun boshli qozon ag‘darilib, sho‘rva yer bilan bitta bo‘libdi-yu, biz bilmabmiz. Suratga olish boshlanganida sinchiklab qarasam, kosada loy, tosh, go‘sht, kartoshka hammasi bor. Qozon ag‘darilganda yerdan sidirib, barchasi aralash-quralash qaytarib olingan-da! O‘shanda sho‘rvani hech qaysimiz ichmay, o‘zimizni huddi sho‘rva ichayotganday qilib ko‘rsatganmiz.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Raqs sahnasiga esa aerobikani taklif qilganman. O‘sha paytlarda hali aerobika bizgacha yetib kelmagandi. Men yaqindagina Moskvadan o‘qishdan qaytgan paytim, u yerda aerobikaga qatnashgandim. Ko‘rasiz, rosa chiroyli chiqadi, shov-shuv bo‘ladi, deganman. Rejissor esa o‘ylab o‘tirmay, rozi bo‘lgan va undan haligacha minnatdorman. Uning o‘rnida boshqa rejissor bo‘lganida, badiiy kengash bilan maslahatlashib ko‘raman, degan bo‘lardi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Bu sahna filmning eng chiroyli, eng kulgili sahnasi bo‘lgan. Toshkentda hali “gedri”lar yo‘q edi, men birinchi bo‘lib shu raqs sahnasida kiyganman. Belimga salom qiladigan ro‘molimni bog‘lab olgandim...”, — degan edi u intervyularining birida.

    Muvaffaqiyat qozongan kinolar...

    “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dan keyin “Hujum”, “Poklanish” kabi bir qancha kinolarda suratga tushgan aktrisa 1987- yili “Armon” filmida Humor qiyofasini gavdalantiradi. Mazkur rol ham omadli chiqib, uning muxlislari safini yanada kengaytiradi. 1990-yili yaratilgan “Temir xotin”dagi Alomat obrazini yosh-u keksa birdek sevib ko‘radi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Dilorom Egamberdiyevaning filmografiyasida muvafaqqiyatli kinolar talaygina. Aktrisa O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng ham ko‘plab kino va seriallarda turli xarakterdagi qahramonlarni talqin qiladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xususan, “Yulduzingni ber osmon”, “Chol va nabira”, “O‘limdan keyingi hayot”, “Ko‘chaning quyoshli tomonida”, “Madina”, “Muhabbatimsan”, “Gulchatoy”, “Baron” kabi filmlarda suratga tushadi. Bundan tashqari, “Qozoqfilm” va “Tojikfilm” kinostudiyalarining qator loyihalarida ham o‘ziga xos rollar o‘ynaydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qilaman”

    1995-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan Dilorom Egamberdiyeva televideniye va internet saytlaridagi loyihalarda deyarli ko‘rinish bermaydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    U jurnalistlardan o‘zini olib qochadi, turli tadbir va festivallarda ham OAV vakillarining savollariga javob bermaydi. Shu bois uning bolaligi, ijodiy faoliyati va hayoti to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Dilorom Egamberdiyeva 1990-yilda turmushga chiqqan va qiz farzand ko‘rgan. Umr yo‘ldoshi erta vafot etgan. U qizini turmushga uzatgach, jiyani bilan birga yashaydi. Ammo aktrisaning shaxsiy hayoti har doim omma uchun sirli bo‘lib kelgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    U intervyularining birida “Bosib o‘tgan yo‘lingizdan qoniqasizmi?”, degan savolga shunday javob bergan:

    “Hayotdan ko‘p narsa istaymiz. Lekin men boriga shukr, yo‘g‘iga sabr qiladigan insonman. Boshqalarning hayotida sodir bo‘layotgan ishlarga bir e’tibor qiling: g‘iybatlarga quloq tutmang, bemorlarni, nogiron bolalarni kuzating. Naqadar ayanchli...

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Hayit arafasida onamning qabrini ziyorat qilgani bordik, qo‘yilganlariga chamasi ikki oycha bo‘lgandi. Shu vaqt mobaynida qabrlar oltmish bittaga ko‘payibdi... Muzlab ketdim. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, shukronalik hissi bilan yashash uchun ba’zan shunday joylarga borib turish kerak, shekilli...”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aktrisa bugungi kunda ham faoliyatini Toshkentda davom ettirib, film va seriallarda suratga tushmoqda, kino sohasiga oid tadbirlarda ishtirok etmoqda.

    Mirolim Isajonov tayyorladi

    Mavzuga doir:

    • Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto)
    • Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

    26.10.2021, 16:25   Izoh (0)   79835
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

    22.10.2021, 19:26

    Poliglot mashhurlar: O‘zbek shou-biznesining bir nechta tilda erkin gaplasha oladigan vakillari (foto)

    22.10.2021, 14:41

    Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto)

    21.10.2021, 18:33

    Xalq artisti bo‘lgunicha ko‘rgan qiyinchiliklari, onasining qarshiligiga qaramay rus qiziga uylangani haqida Muhammadali Abduqunduzov bilan intervyu (video)

    20.10.2021, 17:23

    Taniqli jurnalist Lola Zunnunova nima sababdan Milliy TV rahbarligidan ketganini ma’lum qildi (video)

    08.10.2021, 18:58

    Foto: Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi qanday o‘tdi?

    06.10.2021, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.