• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Suyunchi”dagi Nazira 57 yoshda: U nega Afrikada yashaydi va nima sababdan kinoni tark etgan?

    O‘zbek kinosining oltin fondidan munosib joy olgan “Suyunchi” filmi 38 yildan buyon ekranlardan tushmay kelmoqda. Tomoshabinlar uchun hamon sevimli hisoblangan kartina aktyorlarining hayoti va faoliyati doimo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ayniqsa, filmda Nazira rolini talqin qilgan Shahnoza Shamsiyeva (Hamroyeva)ning taqdiri millionlab kino muxlislarda turli savollarni uyg‘otishi shubhasiz. 1997-yildan beri Afrika qit’asidagi Zambiya Respublikasida istiqomat qilayotgan Shahnoza Shamsiyeva bugun, 28-oktabr kuni 57 yoshini qarshilamoqda. Mirolim Isajonov uyushtirgan quyidagi intervyu birinchi marta 2019-noyabrida “Kun.uz” saytida e’lon qilingan, aktrisaning tavallud kuni munosabati bilan bu suhbat ayrim to‘ldirishlar bilan “Daryo”da takror e’lon qilinmoqda.

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    “Dadamni bir amallab ko‘ndirishgan”

    “Suyunchi”da rol o‘ynashim tasodifan yuz bergan. O‘shanda 17 yoshda edim. Ukam Ulug‘bek Hamroyev filmlarda rollar o‘ynab yurardi va u pasport yoshiga yetmaganligi bois gonorarlari mening nomimga yozilardi. Bir kuni odatdagidek Ulug‘bekning pulini olish uchun “O‘zbekfilm”ga bordim. Kutish zalida tursam, bir erkak kishi menga qaradi va “Bu menga nega bunchalik tikilib qoldi”, deya ensamni qotirib, orqaga o‘girildim. Keyin bilsam, ular mashhur rejissor Melis Abzalov ekan. Qisqa suhbatimiz mobaynida anchadan beri Nazira roliga mos keladigan aktrisa qidirib topolmayotgani va meni shu rolga munosib ko‘rganini ta’kidlagan. Uyga borib otamni Melis akaning taklifidan boxabar qilganimda qat’iy rad etgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, buvim va Melis Abzalov birgalikda bir amallab dadamning roziligini olishgan”.

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    “Ana Nazira, uf-uf, choy”, deyishardi”

    “Kamera qarshisida turib, birinchi marta gapirganim tufayli boshida bu holat menga qiziq tuyulgan. Lekin sira qiyinchiliklar bo‘lmagan, ishtirokimdagi kadrlar oson tasvirga tushirilgan. Faqat Naziraning qoshiga o‘sma qo‘yadigan sahna bir necha marta dubl qilingan. Chunki qoshimni xunuk chiqib qolishni xohlamaganman. Melis aka “Aytganimdek o‘sma qo‘ysang yanada kulgiliroq va qiziqarli chiqadi”, deya meni ko‘ndirgan. Nazira roli uchun 700 so‘m atrofida gonorar olganman. U paytlarda bu katta pul edi.

    Film ommaga havola qilinganidan so‘ng ko‘cha-ko‘yda ko‘pchilik tanirdi. “Ana Nazira, uf-uf, choy”, deyishardi. Har safar Toshkentga borganimda ham yurtdoshlarimiz orasida meni taniydiganlar topiladi”.

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    “Zaynab Sadriyeva bilan bir xonada yashaganman”

    “Bilasizmi, epizod rol orqali tomoshabinlarning tiliga tushishni tasavvur qilmaganman. Balki, u paytlarda yosh bo‘lganim uchunmi yoki mashhurlikka qiziqmaganmanmi, bilmadim... Haligacha ijrom haqida iliq fikrlar aytishsa, quvonaman.

    Filmni internet orqali ko‘rganimda yoshlik paytlarim, o‘quvchilik davrlarim yodimga tushadi. Kino Toshkent viloyatidagi qishloqlarning birida suratga olingan. Syomka jarayonlari yakuniga qadar ustoz san’atkor Zaynab Sadriyeva bilan bir xonada yashaganman. Ular o‘z nabirasidek yaqin olib, ham hayotiy, ham san’atga oid maslahatlar berardi. Qattiqqo‘l, tartib-intizomli ayol sifatida xotiramda qolgan. Tasvirga olishda qiziqarli voqealar ko‘p bo‘lgan. Yaqinda Abdurayim Abduvahobovning vafoti haqidagi shumxabarni o‘qib, suratga olish paytidagi xotiralar yana ko‘z oldimda jonlandi. Abdurayim hindcha qo‘shiqlar kuylab, bizni rosa kuldirardi. Afsuski, kartinadagi aktyorlarning hech qaysisi bilan hozirgacha aloqamiz yo‘q. Abdurayim bilan ham yigirma yil avval ko‘rishgandim”.

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    “Afrikada shifokor bo‘lib ishlayman”

    “Suyunchi”dan keyin ko‘plab filmlarga takliflar bo‘lgan. Lekin dadam ruxsat bermagan. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Nigorani ham menga topshirmoqchi bo‘lishganida otam ko‘nmagan. O‘zimda san’atga qiziqish kuchli bo‘lsa-da, ammo uydagilarning qarshiligi sabab rosa ikkilanganman va oxiri o‘qishimni ustun bildim. Ota-onam xohlagandek, bolalar shifokori bo‘ldim. Toshkent pediatriya institutini tamomlagach, Toshkent shahridagi 1-bolalar shifoxonasida ishladim. Bir necha yil tibbiyot kollejida o‘quvchilarga dars berdim. Keyin, ya’ni 1997-yilning aprelida turmush o‘rtog‘im ikkimiz Zambiyaga kelishga qaror qildik. Hozir shifoxonalardan birida pediatr bo‘lib ishlayman. Bu yerda ko‘plab o‘zbekistonlik oilalar bor. Barchamizning munosabatlarimiz juda iliq, tez-tez yig‘ilib turamiz.

    Zambiya tez rivojlanayotgan respublika hisoblanadi. Biz yashaydigan Livingston ham juda chiroyli va turistik shahar. Bu yerda Viktoriya sharsharasi ham joylashgan. Xonadonimizga O‘zbekistondan keladigan mehmonlar “Biz Afrikani bunday tasavvur qilmagandik, yayrab dam oldik”, deya hayratlanib fikr bildirishadi”.

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shahnoza Shamsiyevaning shaxsiy arxividan

    Shaxsiy hayot

    “San’atkorlar sulolasi vakiliman. Dadam Narimon Hamroyev asli namanganlik bo‘lib, mashhur aktyor Razzoq Hamroyevning o‘g‘li bo‘ladi. Onam Muhabbatxon aya esa buxorolik. Hozir 79 yoshda, keksalik gashtini suryapti. Oilada ikki farzandmiz: men va ukam. Ulug‘bek bugungi kunda Rossiyada kinooperator sifatida faoliyat yuritadi.

    Shaxsiy hayotimga to‘xtaladigan bo‘lsam, umr yo‘ldoshim bilan kasbdoshmiz. Uch nafar farzandimiz, olti nafar nevaramiz bor. To‘ng‘ich o‘g‘lim Sherzod oilasi bilan Fransiyada yashaydi. Qizim Rayhonni ham uzatganman, u Zambiyada istiqomat qiladi. Kenjam Shuhrat esa Janubiy Afrikadagi oliygohlarning birida tahsil oladi.

    O‘zbekistonga oxirgi marta shu yilning boshida borib keldim. Men ona Vatanimdan olisda bo‘lsam-da, hamisha qalban o‘zbekistonlikman. O‘zbekcha gapirish va o‘zbekona urf-odatlarimizni hech qachon unutmaganman”.

    Mavzuga doir:

    • Taniqli bastakor va xonanda Rustam Mahmudov hozir qayerda?
    • “Qora tun” xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video)
    • “Tohir va Zuhra” filmi bilan tanilgan aktrisa Parizoda hozir qayerda va nima bilan band?
    • 90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?
    • “Temir xotin” va “To‘ylar muborak” filmlari yulduzi Dilorom Qambarova hozir qayerda? (foto)

    28.10.2020, 12:23   Izoh (0)   143771
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur filmda Buratinoni gavdalantirgan aktyorning taqdiri qanday kechdi? (foto)

    28.10.2020, 09:47

    Taniqli aktrisa Shodiya Abduqodirova hozir qayerda? Nega kinolarda ko‘rinmay qoldi?

    27.10.2020, 22:47

    Taniqli turk aktyori ilk marta ota bo‘ldi, Shevval Sam “Qora niyat”dan ketayotgan aktyorlar haqida gapirdi. Turk kinosi yangiliklari

    27.10.2020, 18:22

    Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)

    26.10.2020, 20:21

    Zarina Nizomiddinova Moskvada nima ish qilayotgani hamda turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berdi

    26.10.2020, 17:23

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

    26.10.2020, 12:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.