Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri — daraxt ekish hamda parvarishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida, mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.

Bu borada, belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida 6—7-noyabr kunlari “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda tizim korxona va tashkilotlari xodimlari jamoasi dastlabki amaliy sa’y-harakatlarni jamoaviy birlikda, ko‘tarinki kayfiyatda boshladi.

Ma’lumki, jamiyatimiz poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan “Aviasozlar” MFY bilan amaliy hamkorlik doirasida, mahalla hududida muntazam ravishda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etadi.

O‘tgan dam olish kunlarida jamiyat ijro apparati rahbariyati hamda xodimlar jamoasi, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlar jamoalari bilan hamkorlikda ushbu mahallada manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish tadbiri hamjihatlikda tashkil qilindi.

Daraxt ko‘chatlarini ekish borasidagi o‘ziga xos aksiya doirasida “Aviasozlar” mahallasi hududi bo‘ylab 600 dan ortiq manzarali daraxt (qora archa, kashtan, Suriya atirguli, hind nastarini va boshqalar) ko‘chatlari ekildi.

Ta’kidlash joizki, “Dolzarb 40 kunlik” butun tizim bo‘ylab, jumladan jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlar, kaskad va GESlar hududlarida izchil amalga oshirilmoqda.

Tijoriy hamkorlik asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda