Shavkat Mirziyoyev dekabrda Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida ma’lum bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, — deyiladi Mun Chje Inning Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, har ikki davlat rahbarlari 2021-yilning yanvarida videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgandi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In so‘nggi marta 2019-yil aprelida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. Unga qadar 2017-yil noyabrida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga safar qilgandi.