Shavkat Mirziyoyev dekabrda Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan tabrigida ma’lum bo‘ldi.
“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, — deyiladi Mun Chje Inning Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.
Eslatib o‘tamiz, har ikki davlat rahbarlari 2021-yilning yanvarida videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgandi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In so‘nggi marta 2019-yil aprelida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan. Unga qadar 2017-yil noyabrida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga safar qilgandi.
Izoh (0)