Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang-qum aralash havodan himoyalanish uchun shifokorlar tavsiyasini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

10 ta muhim tavsiya:

  • Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying. Bunday vaziyatda konditsioner va havoni tozalash tizimlari ham asqatadi.
  • Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
  • Ko‘proq suv iching!
  • Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
  • Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni yengillashtiradi.
  • Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
  • Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
  • Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.
  • Tutunga to‘la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.
  • Agar sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
Ma’lum qilinishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Vazirlikning 1003 qisqa raqamli Call-markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va shahar bo‘limlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda 4-noyabr kuni boshlangan chang bo‘roni kechga borib Toshkentga ham yetib keldi. Chang tufayli atrofni ko‘rish darajasi cheklandi. Avtomobillar harakati sekinlashdi. Keyinroq “O‘zgidromet”ning buning oqibatida havodagi chang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oshganini bildirdi. Nafas olishda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilishni boshladi, 5-noyabr kuni esa Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida nimalar qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Neymar Braziliyaning JCH—2022 1/8 finaldagi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Dunyo
Edvard Snouden qasamyod qilib, Rossiya pasportini qabul qilib oldi
Sport
“Zenit” — “Spartak” o‘yinidagi ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi