• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sardor Rahimxon klipi orqali tanilgan, Rafet El Romanning nazariga tushgan Faridam: Xonanda hozir qayerda va nega san’at yo‘lidan ketishni istamadi? (foto)

    Sardor Rahimxonning 2016-yilda muxlislar e’tiboriga havola etilgan “Faridam” qo‘shig‘iga ishlangan klipda bosh qahramon — nogironlik aravachasida o‘tiradigan qiz obrazini gavdalantirgan aktrisa qisqa fursat ichida tomoshabinlar e’tiboriga tushdi. Eng qizig‘i esa, ushbu rolni ijro etgan aktrisa, keyinroq Faridam taxallusi bilan qo‘shiqlar ijro eta boshladi. Ketma-ket taqdim etilgan yangi qo‘shiq va kliplar uning serqirra iste’dod sohibasi ekanidan dalolat berardi. Keyinroq Faridam turk estradasi yulduzi Rafet El Romanning nazariga tushib, u bilan birga duet kuylash imkonini qo‘lga kiritdi. Shou-biznesda o‘ziga yarasha yutuqlarga erishib kelayotgan xonanda kutilmaganda san’atni tark etishga qaror qildi.

    “O‘rtahol oilaning beshinchi farzandiman”

    Foto: Instagram / @faridam_official__fanclub

    Foto: Instagram / @faridam_official__fanclub

    1999-yili Sirdaryo viloyatida o‘rtahol oilaning beshinchi qiz farzandi bo‘lib dunyoga kelganman. Oilamizda san’atkorlar bo‘lmasa-da, bolaligimdan bu sohaga qiziqqanman. Ammo ota-onam san’at bo‘yicha o‘qishimni istashmagan. Shunda musiqa o‘qituvchim eshitish qobiliyatim yuqorilini aytib, ota-onamga bildirmay musiqa maktabiga olib borgan. Uchinchi sinfdan boshlab musiqa maktabining fortepiano sinfida ham tahsil olishni boshlaganman. Uydagilar bundan xabar topishgach, ranjishgan. Chunki ular san’at haqida eshitishni ham istashmasdi. Shu bois, meni qo‘llab-quvvatlashmadi, yutuqlarimdan ham quvonishmasdi.

    “Onam tibbiyot xodimi bo‘lishimni istardi, ammo men bu sohaga qiziqmasdim”

    Onam tibbiyot kollejida o‘qishimni istardi. Maktabni bitirgan yilim hujjatlarimni tibbiyot kollejiga topshirib, majburan darslarga qatnashimni talab qildi. Bir oy o‘qib, bu sohaga begona ekanimni angladim. Kollej direktoriga yig‘lab, hujjatlarimni san’at kollejiga o‘tkazib berishlarini so‘raganman. Bu ishim ham ota-onam uchun og‘ir zarba bo‘lgan.

    “Kontrakt pulini to‘lay olmaganim uchun konservatoriyani tashlashga majbur edim”

    Kollejni bitirgan yilim O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga hujjat topshirganman. Ijodiy imtihonlarni Dilorom Omonullayeva qabul bilib, ijromdan ko‘ngli to‘lganini aytgan. Ustozdan bunday e’tiroflarni eshitgach, o‘zimga bo‘lgan ishonchim ikki hissa oshgan. Afsuski, testdagi natijalarim pastligi uchun shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinganman. Bir muddat darslarga qatnadim, ammo ota-onam shartnoma pulini to‘lashmagani uchun o‘qishni tashlashga majbur bo‘ldim. Ammo tushkunlikka tushganim yo‘q. Aksincha hayotimdagi o‘zgarishlar ijodimga yanada yaxshi ta’sir qildi.

    Foto: Instagram / @latifaalqattan_1994

    Foto: Instagram / @latifaalqattan_1994

    Sardor Rahimxonning klipidagi ishtirok

    Mustaqil ijodni boshlashga mablag‘im yo‘q edi. Shu bois bek-vokalda ishlab, xonanda va bastakorlar bilan tanishdim. She’r yozish va qo‘shiq g‘oyasini yaratish qo‘limdan kelgani uchun bir nechta san'atkorga mualliflik qo‘shiqlarini tayyorlab berganman. Ya’ni xonandalar qo‘shiqlarimni o‘zlarining nomidan ommaga taqdim etishardi. Ammo hech qayerda nomim e’lon qilinmasdi.

    2016-yili Sardor Rahimxonning “Faridam” qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushdim. Aslida qo‘shiqning ismimga aloqasi yo‘q, shunchaki klip g‘oyasi ma’qul kelgani uchun suratga tushishga rozilik berdim.

    Rafet El Roman bilan tanishuv

    Bir kuni Rafet El Romanning qo‘shig‘ini cover tarzida kuylab Instagram sahifamga joyladim. Bir necha kundan keyin Diyorbek Mahkamov qo‘shiqning o‘zbek tilidagi variantini duet tarzida ijro etishni taklif qildi. Natija yomon bo‘lmadi, ammo u men kutgandek emasdi.

    Ikkita opam oilasi bilan Turkiyada yashaydi. Ular sabab onam ikkimiz Istanbulga safar qiladigan bo‘ldik. Samolyotda Rafet El Romanning yangi duet qo‘shig‘i namoyish etildi. Qo‘shiqdan ta’sirlanib, uni cover tarzida ijro etishga qaror qildim. Qo‘shiqni Instgaram sahifamga joylab, Rafet El Romanning sahifasini belgilab qo‘ydim. Oradan hech qancha kun o‘tmay xonandaning menedjeri Instagram orqali aloqaga chiqdi, undan keyin xonandaning o‘zi bilan gaplashdim. “Senga bir qo‘shiq yuboraman, uni ijro etib bizga jo‘natasan”, dedi xonanda. Qo‘shiqni ijro etib jo‘natganimdan so‘ng Rafet El Roman fevral oyida bo‘ladigan konsert dasturida birga qo‘shiq kuylashni taklif qildi. “Faqat konsert jonli ijroda bo‘ladi”, deb ogohlantirdi. Konsert a’lo darajada o‘tgandan so‘ng hamkorlikni taklif qildi.

    Foto: Instagram / @_ak.shox_

    Foto: Instagram / @_ak.shox_

    Rafet El Roman qachon turmushga chiqish niyatida ekanimga qiziqdi. Chunki ko‘pchilik prodyuserlar qo‘shiqchi qizlarning turmushga chiqib, ijod qilolmasligidan qo‘rqishadi. Hali beri turmushga chiqmayman deganimdan so‘ng 5 yilga prodyuserlik shartnomasi tuzildi. Hamkorlik davomida 3 ta klip yaratdik, qator qo‘shiqlarni ommaga taqdim etdik.

    “Mashhurlik hayotimga halovat bag‘ishlamasligini angladim”

    Natijalar kutilganidan ham a’lo edi. Ammo mashhurlik hayotimga halovat bag‘ishlamasligini angladim, san’atga bo‘lgan fikrlarim ham o‘zgardi. Balki bunga xonandalar bilan bog‘liq yaxshi xotiralarim yo‘qligi sabab bo‘lgandir. Ilmli odamlar bilan suhbatda bo‘lganimdan so‘ng san’at yo‘lidan qaytishim kerakini angladim. Chunki men bilgan san’at halol kasb emasdi.

    Foto: Instagram / @faridam_official

    Foto: Instagram / @faridam_official

    San’atni tark etishga qaror qilganimdan so‘ng ko‘pchilik negativ fikrlar bildirishdi, hatto fikrimdan qaytarishga uringanlar ham bo‘ldi. Ammo men fikrimda qat’iy qolish uchun kurashdim.

    Haq yo‘lini tanlaganimdan so‘ng Istanbulga kelib, Rafet El Roman bilan uchrashdim. U meni ro‘molda ko‘rib juda xursand bo‘ldi, hatto shartnoma muddatidan to‘rt yil avval tugatilgan bo‘lishiga qaramay, fikrimni qo‘llab-quvvatladi. “Boshqalardan ajralib turarding, sen shu yo‘lni tanlashingni avvaldan sezgandim”, dedi.

    Foto: Instagram / @faridam_official

    Foto: Instagram / @faridam_official

    Ilm olishning erta-kechi yo‘q. Shu bois, o‘tmish sahifamni yopib, ilm o‘rganishga qaror qildim. Ayni kunda oilam bilan Turkiyada istiqomat qilamiz. Dadam savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi. Ayni kunlarda muslima opa-singillarimiz uchun libos dizaynerligi bo‘yicha o‘qishga tayyorlanyapman.

    Nargizaxon Murodova suhbatlashdi

    Mavzuga doir:

    • Ra’no Yarashevadan Feruza Normatovagacha. O‘zbek shou-biznesining hijobga kirgan vakillari (foto)
    • Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi (video)
    • Yulduz Usmonova sabab san’atga kirib kelgan, Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipi bilan tanilgan Zarina Yo‘ldosheva murakkab taqdiri hamda aktrisalikni davom ettirmasligi haqida (video)

    29.10.2021, 12:21   Izoh (0)   92326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uy emas, muzey: Rossiyalik xonanda Timatining Moskvadagi ikki qavatli kvartirasiga sayohat (foto)

    29.10.2021, 11:13

    Putin, Aliyev, Tramp va dunyodagi boshqa davlat rahbarlarining qizlari qanday sohada faoliyat yuritadi?

    29.10.2021, 09:20

    Turk kinosining eng mashhur aktrisalari va ular ishtirokidagi muvaffaqiyatli loyihalar (foto)

    28.10.2021, 20:57

    “Unchalik boy emasman”. 900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” rejissoriga qancha pul to‘langan?

    28.10.2021, 18:55

    Keng oshxona va shinam mehmonxona: Xonanda Adelning uyiga sayohat (foto)

    28.10.2021, 11:24

    Instagram: Halima Ibragimovaga yaqinlarining sovg‘asi, ustidan pul sochilgan Kaniza, 110 ming dollarga mashina olgan klipmeyker

    27.10.2021, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda suyak bo‘g‘im kasalliklarining yechimi topildimi?


    TBC Bank O‘zbekistondagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda: viloyatlar bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar


    AKFA Group “INNOPROM 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Korzinka’da – iyul oyi oxirigacha barra mol go‘shtiga 12% gacha chegirmalar va unumli narxlar!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35

    AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

    Dunyo | 11 may, 21:30

    Superliga. “Mash’al” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 21:15

    Tramp Xitoy bilan muzokarada katta yutuqlarga erishilgani haqida bayonot berdi

    Dunyo | 11 may, 20:56

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.