• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Putin, Aliyev, Tramp va dunyodagi boshqa davlat rahbarlarining qizlari qanday sohada faoliyat yuritadi?

    Malikalar — siyosiy rahbarlarning merosxo‘rlari qirollik protokolisiz davlat ishida otalariga yordam beradi va yirik loyihalarni o‘zlari boshqaradi.

    Mariya Putina — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Rossiya prezidentining merosxo‘ri haqida ishonchli ma’lumotlar kam. Mariya Sankt-Peterburg universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakulteti va Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagan. Garchi kursdoshlari uni hech qachon auditoriyada ko‘rmaganliklarini da’vo qilgan bo‘lsa-da, ba’zi o‘qituvchilar yakshanba kunlari u bilan birga dars o‘tganini aytgan. Mariya gormonlarni boshqaradigan endokrin tizimga ixtisoslashgan biomeditsina bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, 2015-yilda Lambert Akademik Publishing nashriyoti tomonidan chop etilgan bolalarda idiopatik past bo‘yli kitobning hammuallifidir. Mariya Moskvadagi Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologik tadqiqot markazida ishlaydi. Qolaversa, u endokrin kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beradigan “Alfa-Endo” xayriya dasturini boshqaradi.

    Mariya Putina gollandiyalik tadbirkor Yorrit Faassenga turmushga chiqqan. U Gaaga universitetida arxitektura bo‘yicha tahsil olgan va keyin Rossiyada muvaffaqiyatli karyera qurdi. 2007-yilning noyabr oyidan Faassen “Gazprombank-Invest” va “Gazprom Interneshenl” kompaniyalarida ishlagan va uch yil oldin Mariya Putina va uning turmush o‘rtog‘i Niderlandiyaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Mariya 2012-yilda o‘g‘il tug‘gan.

    Yekaterina Tixonova – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kenja qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Yekaterina 30 yoshda, u Germaniyada tug‘ilgan, Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagan. 2015-yilda Yekaterina Moskva davlat universitetining “ilmiy va texnologik vodiy” konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan “Milliy intellektual rivojlanish” jamg‘armasining rahbari bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

    Bundan tashqari, Yekaterina akrobatik rok-n-roll bilan shug‘ullanadi. Shveysariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Tixonova va uning sherigi beshinchi o‘rinni egalladi. Yekaterina, shuningdek, Butunrossiya akrobatik rok-n-roll federatsiyasi vasiylik kengashining raisi va Butunjahon rok-n-roll konfederatsiyasining (WRRC) marketing va rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti. Yekaterina Tixonova Vladimir Putinning do‘sti Nikolay Shamalovning o‘g‘li Kirill Shamalovga turmushga chiqqan. Kirill Shamalov “Gazprom”, “Rosoboroneksport”, “Gazprombank” va hukumat apparatida ishlagan.

    Ivanka Tramp – AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning katta qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Yoshligida Ivanka model bo‘lishni rejalashtirgan. 1997-yilda u Seventeen o‘smirlar jurnalining muqovasida paydo bo‘ldi, keyin suratga olish va shoularda ishtirok etdi. Keyinchalik, Ivanka biznes foydasiga modellik karyerasidan voz kechdi va 2017-yil mart oyidan boshlab u otasining yordamchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, Ivanka “Tramp kartasi: ishda va hayotda g‘alaba qozonish” kitobini yozgan.

    Ivanka millioner Jared Kushnerga turmushga chiqqan, uning uch farzandi bor: bir qiz va ikki o‘g‘il. Ivanka AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning qizi Chelsi Klintonni o‘zining eng yaqin do‘sti deb biladi. Ammo 2016-yilda qizlar ota-onalari – Donald Trump va Hillari Klintonning saylovoldi davrida aloqani to‘xtatdi.

    Tiffani Tramp – AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning kenja qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Tiffani – Tramp va uning ikkinchi xotini Marli Meyplizning qizi. 2016-yilgacha Tiffani Pensilvaniya universitetida sotsiologiya va shaharshunoslik fakultetida tahsil olgan. Tiffani Garvardda o‘qishni davom ettirishga qaror qildi va u yerda huquqshunoslikka e’tibor qaratdi. Tiffani musiqaga qiziqadi. 2014-yilda Tiffani “Like a Bird” qo‘shig‘ini yozdi, bu hozircha uning repertuaridagi yagona tarona. Tiffanining nigeriyalik milliarder Maykl Buglos bilan munosabatlari jiddiy.

    Barbara Berluskoni – Yevropa parlamenti deputati Silvio Berluskonining qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Bolaligida Barbara vokal, pianino va aktyorlikni o‘rgangan. Keyin u falsafaga qiziqib qoldi va San-Raffaele xususiy universitetida o‘qishni boshladi. Hozirda u “FinInvest” direktorlari a’zosi va “Milan” futbol klubi vitse-prezidenti lavozimini egallab turibdi.

    16 yoshida Barbara o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, biznesmen Jorjio Valagutssa bilan uchrashdi, ularning ikki nafar farzandi bor. Mish-mishlarga ko‘ra, Barbara va Yekaterina dugona.

    Alisa Meri Xiggins – Irlandiya prezidenti Maykl Xigginsning qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Alisa otasining izidan bordi. U siyosiy tahlilchi va mustaqil siyosatchi. Shuningdek, Irlandiya Milliy ayollar kengashining rahbari va Yevropa ayollar lobbisi boshqaruv kengashi a’zosi. 2016-yilda Alisa Irlandiya Senatiga saylangan. Xiggins Dublin universitet kollejida ingliz tili va falsafadan dars beradi.

    Kinga Duda – Polsha prezidenti Ajey Dudaning qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Kinga Krakovdagi Yagellon universitetining huquq fakulteti talabasi. 2015-yilda otasining saylovoldi vaqtlari Kinga uchun juda qiyin bo‘ldi, chunki universitetda imtihonlar xuddi shu davrga to‘g‘ri keldi. Kinga Facebookda faol va ba’zi siyosatshunoslarning fikricha, u ijtimoiy tarmoqlarda otasini qo‘llab-quvvatlab, saylovchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Si Minsze –Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Si Minszening onasi soprano xonanda Peng Liyuandir. Si Garvard universitetini tamomlagan, u yerda psixologiya va ingliz tilini o‘rgangan. Talabalar shaharchasida Si soxta nom ostida yashagan. Uni Xitoydan kelgan xavfsizlik xizmati xodimlari qo‘riqlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. 22 yoshida Si Xitoyga qaytib kelgan va hozir Pekinda yashaydi. Si moda va adabiyotga qiziqadi. 2008-yilda Si Xanvanga jo‘nab ketdi va ko‘ngillilar bilan birga zilzila qurbonlariga yordam berdi.

    Leyla Aliyeva – Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning to‘ng‘ich qizi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    Leyla yoshligida  Shveysariya va Buyuk Britaniyadagi xususiy kollejlarda tahsil olgan, 2008-yilda esa Aliyeva MGIMO magistraturasini tamomlagan.

    Leyla hamma narsada qobiliyatli ko‘rinadi. Prezidentning merosxo‘ri filmlar suratga oladi, she’r yozadi, rasmlar chizadi, “Baku” jurnalini chop etadi. Uning bobosi Geydar Aliyevga bag‘ishlangan “Elegiya” she’ri Ozarbayjonda beshinchi sinf adabiyoti darsliklariga kiritilgan.

    2006-yildan 2015-yilgacha Leyla musiqachi va Crocus Group vitse-prezidenti Emin Agalarov bilan turmush qurgan. Er-xotinning Ali va Mikoil ismli o‘g‘illari bor edi, ajrashgandan keyin Leyla Amina ismli qizni asrab oldi.

    Aliya Nazarboyeva – Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning uch qizining kenjasi

    Foto: Cosmopolitan

    Foto: Cosmopolitan

    37 yoshli Aliya opalaridan farqli ravishda siyosatga qiziqmaydi. Shveysariya, Angliya va AQShda o‘qiganidan so‘ng Aliya o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rdi. Nazarboyeva “Yevropa Plus” radiosida direktor yordamchisi bo‘lgan, TuranAlemBankning yuridik bo‘limida va otasining kotibi lavozimlarida ishlagan.

    Hozir Aliya shaxsiy fitnes klubiga ega va “Elitstroy” qurilish kompaniyasini boshqaradi. Ikkinchi turmushida – futbolchi Doniyor Xasenov bilan Aliya Tiara va Alsara ismli qizlarni dunyoga keltirdi. Hozir Nazarboyeva uchinchi turmushi, “Kaztransoil” OAJ bosh direktori Dimash Do‘sanov bilan yashaydi.

    Mavzuga doir:

    • Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)
    • Foto: Dunyoning turli mamlakatlari malikalari qanday hayot kechiradi?
    • Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi
    • Qizlarini bo‘lajak qirolicha va millioner xonim qilib tarbiyalagan sobiq styuardessa — Kerol Middlton hikoyasi (foto)
    • Britaniya qirollik oilasidagi eng chiroyli ayol nomi ma’lum bo‘ldi. Ammo u Keyt Middlton ham, Megan Markl ham emas
    • Olimpiada o‘yinlarida o‘z baxtini topgan malika va shahzodalar
    • Prezident ayollar va qirolichalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) 

    29.10.2021, 09:20   Izoh (0)   44315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk kinosining eng mashhur aktrisalari va ular ishtirokidagi muvaffaqiyatli loyihalar (foto)

    28.10.2021, 20:57

    “Unchalik boy emasman”. 900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” rejissoriga qancha pul to‘langan?

    28.10.2021, 18:55

    Keng oshxona va shinam mehmonxona: Xonanda Adelning uyiga sayohat (foto)

    28.10.2021, 11:24

    Instagram: Halima Ibragimovaga yaqinlarining sovg‘asi, ustidan pul sochilgan Kaniza, 110 ming dollarga mashina olgan klipmeyker

    27.10.2021, 22:28

    Hayot sinovlaridan tabassum qilishni unutgan aktyor: Kianu Rivzni “Dunyodagi eng g‘amgin inson”ga aylantirgan hikoya

    27.10.2021, 19:51

    Donald Trampning o‘g‘li suratga olish maydonchasidagi fojiadan keyin “Qurol odamlarni o‘ldirmaydi, ularni Alek Bolduin o‘ldiradi” yozuvi tushirilgan kiyimlarni sot...

    27.10.2021, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rafinya “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 1 avgust, 21:02

    Mashhur filmlarda kino ijodkorlar kulgili xatolarga yo‘l qo‘ygan holatlar

    Kino | 1 avgust, 20:44

    Rossiya migrantlarning bolalariga maktablarda bepul ta’lim berishni taqiqlamoqchi

    Dunyo | 1 avgust, 20:25

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi Toshkent-Dehli samolyotida inson hayotini saqlab qoldi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 20:10

    Kanada AQSHning yangi bojlariga javoban o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 1 avgust, 19:55

    “Chelsi” Nikolas Jeksonni “Barselona”ga taklif qildi

    Sport | 1 avgust, 19:50

    Toshkent viloyatida xalqaro aeroport quriladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.