Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov 24-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. Unda qo‘liga fuqarolik pasportlari va saylov uchastkasi taklifnomasini olgan er-xotin prezident saylovida ovoz berish uchun otlanganini ko‘rish mumkin.

Foto: Telegram / @otabek_muhammadalievich

Otabek Umarov mazkur oilaviy suratga: “Konstitutsiyaviy huquqmi, fuqarolik burchmi yoki ikkalasi hammi? Har holda, kelajagimizni o‘zimiz belgilaymiz. Bugun”, — deya izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning may oyida Shahnoza Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Otabek Umarovning 2021-yil fevral oyida yuz bergan yo‘l-transport hodisasidan keyingi ilk suratini e’lon qilgandi.