• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada koronavirus tufayli dam olish kunlari e’lon qilinadi. Moskvada bir kunda qariyb 1600 kishi kasalxonaga yotqizilgan

    Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova 19-oktabr kuni Rossiyada 30-oktabrdan 7-noyabrgacha (4-noyabr kuni Xalq birligi kuni nishonlanadi, 5-noyabrdan 7-noyabrgacha shundoq ham dam olish kunlari edi) ishga chiqilmaydigan haftalik e’lon qilishni taklif etdi, deb yozadi Meduza. Koronavirus bilan kasallanish darajasi eng tez o‘sayotgan ba’zi hududlarda ishlanmaydigan kunlar 23-oktabrdanoq boshlanishi mumkin.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Oxirgi bir necha kundan buyon ko‘plab hududlarda, masalan, Sankt-Peterburgda ko‘rgazma va konsertlar, sportzallar, restoranlar va hatto savdo markazlariga kirish uchun QR-kodlar joriy qilinishi haqida e’lon qilindi. Shuningdek, butun Rossiya bo‘ylab, Stavropol o‘lkasi, Ingushetiya va Qalmog‘istondan tashqari, aholining ba’zi guruhlarini majburiy emlash joriy etilgan.

    Majburiy vaksinatsiya Moskvada ham bor. Shaharda Ko‘p funksiyali markazlarda va savdo markazlarida COVID-19 ga ekspress-test tashkil qilingan, maktab o‘quvchilarini tekshirish boshlangan va metroda niqob taqish ustidan nazorat kuchaytirilgan.

    25-oktabrdan shaharning 60 yoshdan oshgan aholisi, shuningdek, surunkali kasalliklari bo‘lgan moskvaliklar uy rejimiga yuborildi. Emlanganlar yoki so‘nggi yarim yil ichida koronavirusga chalinib o‘tganlar bunga rioya qilmasligi mumkin. Tashkilotlar o‘z xodimlarining 60 foizini, shu jumladan, 60 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklari bo‘lgan barcha ishchilarini masofadan ishlashga o‘tkazish majburiyatini oldi. Choralar 2022-yil 25-fevralgacha amal qiladi.

    Shunga qaramay, Meduza manbalariga ko‘ra, poytaxt hokimiyati hozircha QR-kodlarni qaytarmoqchi emas. COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtabga yaqin manba so‘zlariga qaraganda, Moskva meriyasi umumiy ovqatlanish muassasalari uchun QR-kodlarni kiritishni istamayapti, chunki “restoratorlar noliydi”.

    “Bizni majlisga chaqirib yig‘madi: cheklovlar yo‘q, cheklovlar bo‘yicha yig‘ilishlar ham yo‘q. Moskva cheklovlardan manfaatdor emas, u haligacha cheklovlardan jabr ko‘rgan biznesga katta-katta pullarni to‘lashda davom etmoqda. Hamma yangi cheklovlardan tiyilishga umid qilmoqda”, — dedi “Myaso & Riba” restoranlar tarmog‘i asoschisi, Moskva restoran biznesi ombudsmani Sergey Mironov.

    Shahar rahbariyatiga yaqin bo‘lgan Meduza manbasi ma’lum qilishicha, hukumat fikricha, restoran va kafelarda QR-kodlar kiritilishi “vaksinatsiya sur’atlariga ta’sir qilmaydi, kasallanishlar zanjirini esa bu cheklov uza olmaydi”. 15-oktabr holatiga, meriya ma’lum qilganidek, Moskvada dekabr boshidan buyon besh milliondan ortiq odam emlangan, 279 ming kishi qayta emlangan (shahar aholisi 12,6 million kishini tashkil qiladi).

    Umuman olganda, Meduza manbasiga ko‘ra, shaharda koronavirus bo‘yicha yangi holatlarning o‘sishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmayapti. “Hammasi zo‘r”, — dedi shahar rahbariyatiga yaqin bo‘lgan Meduza manbasi. Xususan, dedi u, 19-oktabr kuni Moskvada kunlik kasallanish darajasi 5,7 ming kishiga teng bo‘lgan (avvalgi to‘lqin avjiga chiqqan payt shaharda kuniga 8 mingdan ziyod odamda virus aniqlanardi).

    Shu bilan birga, kasalxonaga yotqizish holatlari bo‘yicha 19-oktabr kuni Moskva 1,5 ming kishilik marradan o‘tdi; 639 kishi sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda bo‘lgan.

    Moskvada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining o‘sishiga hukumat, odatda, kasalxonalarda qo‘shimcha joylar yaratish bilan chora ko‘radi. Meduza ma’lumotlariga ko‘ra, 15-shahar kasalxonasining asosiy binosidan tashqari, tug‘ruq bo‘limida ham yaqinda koronavirus bemorlarini qabul qilish qayta boshlangan. Yana bir qator kasalxonalarda hamda “Krilatskoye” muz saroyida va “Moskva” avtomobil savdo markazida ham koronavirusga chalinganlar qabul qilinmoqda.

    19-oktabr holatiga ko‘ra, COVID-bemorlar uchun mo‘ljallangan o‘rinlarning 70 foizi to‘lib bo‘lgan. Oktabr boshida Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus bemorlari uchun 12,5 mingta joy borligi, ularning 8 mingtasi bandligini ma’lum qilgandi.

    Joriy hafta oxirigacha meriya qo‘shimcha koykalar yaratish haqida qaror qabul qilishi mumkin, bu, xususan, kunlik kasalxonaga yotqizish holatlari so‘nggi bir necha kundagi kabi yuqori darajada saqlanish-saqlanmasligiga bog‘liq bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Rossiyada yangi antirekord: bir kunda 34,3 ming kishida koronavirus aniqlandi
    • Rossiyada COVID-o‘limlar bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi. Mamlakatda koronavirusning yangi to‘lqini kuzatilmoqda

    20.10.2021, 09:38   Izoh (0)   24089
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Latviyada 21-oktabrdan qat’iy lokdaun kiritiladi. Mamlakat koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

    19.10.2021, 18:23

    Misrda cheklovlar kuchaytirildi, Belarusda rejali tibbiy yordam to‘xtatildi, pandemiya qachon tugaydi? Koronaxabarlar

    19.10.2021, 17:38

    Shimoliy Koreya suvosti kemasi uchun mo‘ljallangan ballistik raketani sinagan bo‘lishi mumkin

    19.10.2021, 14:16

    Rossiyada 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat beriladi

    19.10.2021, 12:24

    “Tolibon” o‘z safini “yomon odamlar”dan tozalashni boshladi, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili iste’foga chiqdi. Afg‘oniston yangiliklari

    19.10.2021, 11:39

    Milosh Zeman Chexiya prezidenti majburiyatlarini bajara olmaydi. Uning vakolatlari bo‘lib olinishi mumkin

    19.10.2021, 10:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.