So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Rossiyada COVID-o‘limlar bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi. Mamlakatda koronavirusning yangi to‘lqini kuzatilmoqda

    13.10.2021, 15:26 17761

    Rossiyada COVID-19 ning yangi to‘lqini yuz bermoqda, bunga koronavirus delta (“hindcha”) shtammi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Rossiyada ketma-ket sakkizinchi kun COVID-19 dan sutkalik o‘limlar soni 900 kishidan oshdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda infeksiya yuqtirganlar soni 28 717 kishini tashkil qilgan, 21 801 bemor kasallikdan tuzalgan, 984 kishi vafot etgan. Umuman olganda, Rossiyada pandemiya davrida kasallikdan 219 329 ta o‘lim qayd etilgan.

    Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi, o‘tgan sutkada poytaxtning yana 4 410 aholisida infeksiya qayd etilgan. Shu sababli Moskva ma’muriyati restoranlarga tashrif buyuruvchilarning QR-kodlarini tekshirish tizimini qayta joriy qilish zarurligini muhokama qilmoqda. Qayd etilishicha, agar poytaxtda kasallanish holati kuniga 6-7 mingtaga yetsa, QR-kod tizimini qaytarish mumkin. Shahar hokimiyati moskvaliklardan transportda, do‘konlarda va boshqa jamoat joylarida niqob taqish va qo‘lqop kiyish rejimiga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

    Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarga kiraverishdagi QR-kodlar tizimi allaqachon Rossiyaning 26 hududida joriy qilingan. Kirish uchun QR-kod tizimi 22 ta hududda kafe va restoranlarga, 25 ta hududda sport tadbirlariga, 13 ta hududda mehmonxonaga tashrif buyurish uchun joriy etilgan.

    Rossiya hududlarida yangi cheklovlar o‘rnatildi

    Ma’lum qilinishicha, Kaliningrad viloyatida “COVID-19 bilan bog‘liq o‘ta og‘ir vaziyat” tufayli muntazam tibbiy yordam ko‘rsatish to‘xtatilishi, kafe va restoranlar (8-oktabrdan ularga sertifikatsiz kirish taqiqlangan) bilan birga barcha jamoat joylarida QR-kod tizimi joriy etilishi mumkin. Hozirda Novosibirsk, Sverdlovsk va Smolensk viloyatlari, Kareliya, Mari El va Komi Respublikasida QR-kod tizimining u yoki bu shaklda joriy etilishi e’lon qilingan.

    Moskvada bir qator sohalardagi ish beruvchilar xodimlarning kamida 60 foizini 15-iyulgacha birinchi doza bilan, 15-avgustgacha esa ikkinchi doza bilan emlanishini ta’minlashi kerak edi. Bryansk viloyatida 28-iyun kuni amaldorlar va ommaviy tadbirlar ishchilari, shuningdek, turli soha xodimlarining kamida 60 foizini emlash haqida e’lon qilingandi. Tver viloyatida ayrim toifadagi fuqarolarning 60 foizi 18-iyulgacha birinchi komponent bilan, 18-avgustgacha ikkinchi doza bilan emlanishi shart edi. Sankt-Peterburgda amaldorlar va davlat xizmatchilari uchun majburiy emlash joriy etilgan, ularning 65 foizi 15-avgustga qadar emlanishi kerak edi.

    3-oktabr kuni Tambov viloyatida emlanishi kerak bo‘lgan kishilarning hammasini noyabr oyining boshiga qadar to‘liq emlashga qaror qilindi. Nijegorod viloyatida 7-oktabrdan boshlab sanoat ishchilari uchun majburiy emlash joriy etilgan. Ba’zi toifadagi ishchilarning kamida 60 foizi emlashning birinchi komponentini 25-iyulgacha, ikkinchisini 30-avgustgacha olishi kerak edi. Sverdlovsk viloyatida 25-oktabrda amaldorlarning barchasi emlanishi kerak. Leningrad viloyatida 15-noyabrdan boshlab ish beruvchilar ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohasidagi xodimlarning hammasini vaksinatsiyadan o‘tkazishi shart.

    Moskvada koronavirusga qarshi kurash choralari

    Qayd etilishicha, 2020-yil 5-martdan poytaxtda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli yuqori shaylik rejimi joriy qilingan. Ish beruvchilar xodimlarning haroratini o‘lchashi va harorati yuqori bo‘lganlarni ishdan bo‘shatishi lozim. O‘tkir respirator virusli infeksiya belgilari paydo bo‘lganda, aholi darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi shart. Shuningdek, Moskvadagi ish beruvchilarga xodimlarni iloji boricha masofadan ishlash rejimiga o‘tkazish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, Moskva meri Sergey Sobyanin bir-ikki hafta ichida poytaxtda keng ko‘lamli COVID-19 ekspress-test tizimini joriy etishga va’da berdi.

    Sabablar

    Rasmiylarning fikricha, mamlakatda kasallanishning keskin o‘sishiga sabab kuzgi mavsumning boshlanishi bo‘lib, u o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalinishning ko‘payishi, shuningdek, fuqarolarning ta’tildan va dala hovlilardan ommaviy ravishda qaytishi, maktab faoliyatining qayta tiklanishi holatida aloqalar sonining keskin ko‘payishi bilan tavsiflanadi.

    Shu bilan birga, terapevt-vrach, klinik farmakolog Andrey Kondraxinning fikricha, so‘nggi kunlarda koronavirusning tez tarqalishi va og‘ir kechishi delta shtammi bilan, shuningdek, rossiyaliklarning epidemiyaga qarshi choralarga beparvo munosabati bilan bog‘liq. Shifokorning aytishicha, odamlar ushbu xavfli virus bilan kasallansa-da, shifoxonaga bormasdan uyda davolanish orqali infeksiyaning yanada keng tarqalishiga zamin yaratmoqda.

    Mavzuga doir: Hech qaysi vaksina koronavirusdan 100 foiz himoya qilmaydi. Bu normal holat! Moskvaliklarning qanchasi emlangandan keyin ham kasallanishi mumkinligi hisoblab chiqildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Bugun, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?