• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Pul mukofoti bilan taqdirlangan sambochilar, OChLda tengsiz deb topilgan Masharipov va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan Zidan. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 19-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilarga pul mukofotlari topshirildi

    Sambo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi 15—17-oktabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi.

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati

    Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, jahon birinchiligida chempioni bo‘lgan sambochilar 10 million so‘m, kumush medal egalari 5 million so‘m, bronza medalini qo‘lga kiritganlar esa 3 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘lgan.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Toshkent va Tbilisi shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Ushbu yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari Gruziya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 15-noyabr kuni 19:00 da Tbilisidagi “Boris Paichadze” stadionida bo‘lib o‘tadi.

    Masharipov OChL chorak finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

    Foto: “An-Nasr”

    Foto: “An-Nasr”

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “An-Nassr” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi va ramziy terma jamoadan joy oldi.

    Jaloliddin Masharipov to‘p suradigan “An-Nassr” jamoasi Chempionlar Ligasi chorak finalida BAAning “Al-Vahda” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Masharipov uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

    Qayd etish kerak, “An-Nassr” OChL yarim finali doirasida “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 19-oktabr kuni 23:00 da boshlanadi.

    Superliga 23-turining ikkita o‘yinida VAR tizimi ishlaydi

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 23-tur bahslari 21—25-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. PFL mazkur bahslarda faoliyat olib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi. Tur doirasidagi ikkita o‘yinda VAR tizimi ishlaydi: “Metallurg” — “OKMK”, “Bunyodkor” — “Turon”.

    Jahon

    Runi “Nyukasl”ni boshqarishga qiziqmoqda 

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan “Nyukasl”ni boshqarishga qiziqmoqda.

    ChronicleLive nashriga ko‘ra agar jamoaning ayni damdagi ustozi Stiv Bryus “Nyukasl”ni tark etsa, qisqa muddat davomida “qarg‘alar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi tayyor.

    Runi hozirda “Derbi Derbi”ni boshqarmoqda va moliyaviy muammolar tufayli istalgan vaqtda klubni tark etishi mumkin.

    Lyakazett faoliyatidagi 200-golini urdi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett APL 8-turida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda (2:2) gol urdi.

    Bu gol fransiyalik futboli uchun professional faoliyatidagi 200-gol bo‘ldi. Lyakazett shundan 129 tasini “Lion” safida urgan bo‘lsa, 68 tasi “Arsenal”dagi faoliyatiga to‘g‘ri keladi. Yana 3 ta golni esa Fransiya terma jamoasida urgan.

    “Manchester Siti” Sterling uchun narx belgiladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Barselona” “Manchester Siti” vingeri Rahim Sterlingga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

    Marca nashriga ko‘ra, “Barselona”ga ushbu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. “Shaharliklar” futbolchisi uchun 80 million yevro (taxminan, 68 million funt) olmoqchi. Ushbu summa katalon klubi uchun og‘irlik qilishi mumkinligi aytilmoqda.

    Avvalroq, “Barselona” Sterlingi qishda sotib olish majburiyati bilan ijaraga olmoqchiligi xabar qilingandi.

    Zidan “Oltin to‘p”ni Benzemaga berishni taklif qildi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Oltin to‘p”ni kim olishi kerakligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    “Benzema ‘Oltin to‘p’ga loyiq. U ajoyib futbolchi va men unga murabbiylik qilish sharafiga muyassar bo‘lganman. U maydonda hamma narsa qila oladi. Karim juda yuqori darajali o‘yinchi, u mukofotlanadi deb umid qilaman. ‘Oltin to‘p’ni unga bergan bo‘lardim”, — deydi Zidan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    19.10.2021, 21:37   Izoh (0)   16555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jaloliddin Masharipov OChL chorak finalining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va ramziy terma jamoadan joy oldi

    19.10.2021, 17:50

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabrda Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

    19.10.2021, 16:01

    APL. “Arsenal” London derbisida so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    19.10.2021, 06:59

    “Himoya — bu san’at”. Qo‘rquvdan motivatsiya oladigan va “tiki-taka”ni yoqtirmaydigan Diyego Simeone

    18.10.2021, 23:38

    Jahon chempionatida 2-o‘rinni egallagan yosh sambochilar, yana Messi bilan birlashishi mumkin bo‘lgan Aguero va “Oltin to‘p” uchun tanlovini aytgan de Bryuyne. Eng...

    18.10.2021, 22:57

    Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo chempionati saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

    18.10.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.