O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “An-Nassr” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo Chempionlar Ligasi chorak finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi va ramziy terma jamoadan joy oldi.

Foto: OFK

Jaloliddin Masharipov to‘p suradigan “An-Nassr” jamoasi Chempionlar Ligasi chorak finalida BAAning “Al-Vahda” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Masharipov uchrashuvda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, 28 yoshli futbolchi hafta ramziy terma jamoasidan ham joy oldi.

OChL—2021 chorak final ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Li Chun (“Pohang Stilers”);

Himoyachilar: Nosir ad-Dovsari (“Al-Hilol”), Ali al-Bulayhi (“Al-Hilol”), Jan Hyon Su (“Al-Hilol”), Kim Tai Hvan (“Ulsan Hyunday”);

Yarimhimoyachilar: Jaloliddin Masharipov (“An-Nassr”), Li Don Gyon (“Ulsan Hyunday”), Muhammad Kanno (“Al-Hilol”), Lim San Hyub (“Pohang Stilers”);

Hujumchilar: Abdurazzoq Hamdalluh (“An-Nassr”), Bafetimbi Gomes (“Al-Hilol”).

Foto: OFK

Masharipov to‘p suradigan “An-Nassr” jamoasi OChL yarim finalida “Al-Hilol”ga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 19-oktabr kuni 23:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!