“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
21:57, 16.10.2021 22266

Yeyishga kishining ko‘zi qiymaydi: multfilmlardan ilhomlanib tayyorlangan noodatiy tortlar

Bayram va quvonarli hodisalar munosabati bilan yozilgan dasturxonlarni shirinliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan shu sabab ham kishilar yaqinlari, ayniqsa, bolajonlar uchun alohida mazasidan tashqari ko‘rinishi bilan ham o‘ziga jalb qiladigan tortlarga buyurtma berishni afzal biladi. Instagram sahifasida 2,6 milliondan ortiq kuzatuvchisi bor bo‘lgan Renat Agzamov esa nafaqat bolalar, balki kattalarni ham o‘ziga maftun qiladigan tortlar tayyorlaydi va buning uchun multfilmlar, ulardagi qahramonlardan ilhomlanadi.

“Muzyurak” qahramonlari

Foto: Wday

Pazandalikning san’at asari darajasidagi mazkur tortda qorbola va g‘aroyib bug‘u Svenni ko‘rish mumkin. Oq-moviy ranglardan foydalanilgani darhaqiqat sevimli multfilmni esga soladi. Ta’mi ko‘rinishidan qolishmagan shirinlikning qancha turishiga qiziqqan foydalanuvchilar narxi haqida xabar topgandan keyin hayratini yashira olmagan.

“Krudslar oilasi”

Foto: Wday

Tug‘ilgan kun egasining 10 yoshga to‘lishi munosabati bilan tayyorlangan tortga nazar tashlash bilanoq mashhur “Krudslar oilasi” multfilmidagi qahramonlarni tanish mumkin. O‘ylangan kompozitsiyaga ko‘ra qahramonlarning qo‘lida o‘z surati turgani e’tiborni tortadi. Ijtimoiy tarmoqqa ushbu tort surati joylanganidan keyin ko‘plab foydalanuvchilar uning naqadar mahorat bilan yasatilganini e’tirof etmay qolmagan.

“Yalmog‘iz kampir”

Foto: Wday

Yalmog‘iz kampirning uyi ushbu multfilmdagi asosiy o‘ziga xoslik sanaladi. Qahramonlar kompozitsiyasi borasida esa qandolatchining biroz ijodkorona yondashishiga to‘g‘ri kelgan. Tort to‘y marosimiga tayyorlangani uchun yalmog‘iz kampirning o‘rnida kelin borligini, uning qurboni sifatida esa kuyov tasvirlanganini ko‘rish mumkin.

“Senimi, shoshmay tur!”

Foto: Wday

Tortga nazar tashlab eng qiziqarli multfilmlardan hisoblangan “Senimi, shoshmay tur” qahramonlarini qanchalik aniq va go‘zal tasvirlanganiga amin bo‘lish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar alohida kun uchun aynan shunday qandolatchilik namunasini ko‘rishini izoh qilib yozib qoldirgan.

Rapunsel, Zolushka va boshqalar

Foto: Wday

Ushbu ijod namunasida Rapunsel, Zolushka, Anna va Elza singari malikalar, pari va “Muzyurak”dagi boshqa qahramonlarni ko‘rish mumkin. Ushbu shirinlik rus teleboshlovchisi Kseniya Borodinaning qizi uchun maxsus tayyorlangan. Quyidagi turli multfilmlardan ilhomlanib pishirilgan ajoyib ko‘rinishga ega boshqa tortlar ham kishini o‘ziga maftun qilmay qolmaydi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday

Foto: Wday