Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 1/4 finalida “An-Nasr” 16-oktabr, shanba “Al-Vahda” bilan bahs yuritdi.

Foto: “An-Nasr”

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 7-daqiqada Abdurazzoq Hamdallah o‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipovning uzatmasini golga aylantirdi. Shundan Saudiya Arabistoni klubi yana 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu gollarning ikkitasini Masharipov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar Ismoil Matarning yagona goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdi.

Shu tariqa “An-Nasr” BAA klubini mag‘lub etib, Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Qayd etish kerak, “Al-Vahda” o‘tgan bosqichda boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov harakat qiladigan “Sharja”ni ortda qoldirgandi.

OChL

1/4 final bahsi

16-oktabr, shanba

“Al-Vahda” BAA — “An-Nasr” Saudiya Arabistoni 1:5

Gollar: 0:1 — 7 Hamdallah, 0:2 — 52 Masharipov, 0:3 — 56 Asiri, 0:4 — 64 Masharipov, 0:5 — 76 an-Najei, 1:5 — 90+2 Ismoil Matar.