Hafta davomida olingan suratlarni namoyish etamiz.

Germaniyaning Shtukenbrok shahridagi safari bog‘ida birinchi marta ko‘rinish bergan jirafa bolasi.

Foto: Getty Images

Toshkentda joylashgan do‘kondagi shirinliklar rastasiga qarab turgan qizaloq.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Angliyaning Gavort shahrida har yili o‘tkaziladigan steampunk ishtirokchisi.

Foto: Getty Images

Turkiyadagi Marmara dengizidan quyosh chiqishining ko‘rinishi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Afg‘onistonning Vardak viloyatida Zahro va Odina ismli qizlar o‘z uyi oldida suratga tushmoqda.

Foto: AP Photo

Istanbulning eng mashhur joylaridan bo‘lgan Taksim maydonidagi “Taksim” masjidi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Polshaning Przemysl shahridagi sovuq tong.

Foto: EPA

Istanbulda yer osti yo‘lidagi shahar tarixiga oid suratlar chizilgan devor yonida qo‘shiq kuylayotgan ayol.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Londonning janubi-g‘arbiy qismidagi Richmond Parkdagi bug‘u.

Foto: Getty Images

Istanbul ko‘chalarida turkcha uslubda pishirilgan issiq sutli jo‘xori va kestane (kashtan) tayyorlayotgan savdogar.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Marokashdagi xalqaro ralli ishtirokchisi.

Foto: “TASS”

Chorsu bozoridagi novvoyxonada xamirdan zuvala qilib turgan bolakay.

Foto: Dilruh Isomiddinova

Ispaniyaning Palma orolida Kumbre-Vieha vulqonining otilishi.

Foto: Getty Images

Istanbuldagi Grant bazarda Turkiyaga kelgan sayyohlar uchun mamlakatdan esdalik bo‘lib qoluvchi buyumlar sotayotgan sotuvchi.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Osakadagi o‘yin klubida koronavirusga qarshi Moderna vaksinasini olayotgan ayol. Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida COVID-19 vaksinasining uchinchi dozasini dekabr oyida berish boshlanishini e‘lon qildi.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan 520-saylov uchastkasi.

Foto: Dilruh Isomiddinova

“Hizbulloh” va “Amal” harakatlarining shia jangarilari Kalashnikov avtomati va raketali granata bilan raqibni nishonga olmoqda. Bayrutdagi portlashda bosh tergovchini ishdan bo‘shatish talab qilingan namoyish to‘qnashuvga aylanib ketishi oqibatida bir necha kishi vafot etdi.

Foto: AFP

Germaniyaning Boltiq dengizi sohili.

Foto: “TASS”

Gongkongga yaqinlashib kelayotgan tayfun vaqtida soyabon ushlab turgan juftlik.

Foto: Getty Images

Uchtepa tumanidagi “Axlat tashlagan axlatdek xor bo‘lsin” yozuvi tagida yotgan chiqindilar.

Foto: “Daryo” / Ziyoda Ramazonova

Chexiyaning Trebon shahridagi baliqchilik fermasi.

Foto: “TASS”

Nepalning Sanxa shahrida Dashain festivali paytida arg‘imchoqda uchayotgan qiz.

Foto: Getty Images

Istanbul okenariumiga tashrif buyurgan juftlik.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 8-turida “Chelsi” “Brentford” ustidan minimal hisobda (0-1) g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari soni 19 taga yetgan “aristokratlar” yana peshqadamlikka qaytdi. “Brentford” esa 12 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan.

Foto: Getty Images

Dunyodagi eng baland ayol Rumeisa Gelgi onasi Safiye Gelgi bilan Turkiyaning Karabuk viloyati, Safranbolu shahridagi uyi oldida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Foto: Reuters

Indian Uellsda o‘tkazilgan BNP Paribas Open turnirida to‘pni Aleksandra Sasnovichga qaytarish uchun cho‘zilgan Emma Radukanu. Katta Dubulg‘a turniri chempioni sifatida o‘zining birinchi uchrashuvida Radukanu ikkinchi davrada belaruslik Sasnovichga 6:2, 6:4 hisobida yutqazdi.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyaning Sokcho shahrida quyoshda quritilayotgan kalmarlar. Quritilgan kalamar – Janubiy Koreyada juda mashhur taom.

Foto: Yonhap

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri Las-Vegasda amerikalik raqibi Deontey Uaylderga zarba bermoqda. Fyuri 11-raundda Uaylderni nokautga uchratib, boks cho‘qqisidagi o‘rnini mustahkamladi.

Foto: Reuters

Rossiyaning “Novaya gazeta” nashri bosh muharriri Dmitriy Muratov 2021-yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori deb e‘lon qilinganidan keyin Moskvada shampan vinolari bilan kutib olindi.

Foto: Reuters