Angliya Premyer Ligasining 8-turidan o‘rin olgan bir qator bahslar 16-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Lester” maydoniga safar qildi. Umumiy hisobda 6 ta gol urilgan o‘yinda “tulkilar”ning qo‘li baland keldi. Birinchi bo‘limda jamoalar bittadan gol urgan bo‘lsa, 78-daqiqada Chag‘lar So‘yunjyu “Lester”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Markus Reshford hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan 1 daqiqa o‘tib, Jeymi Vardi “Lester”ni yana oldinga olib chiqdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Petson Daka o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted” 14 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Ochkolari soni 11 taga yetgan “Lester” 11-o‘ringa ko‘tarildi.

“Manchester Siti” Bernardu Silva va Kevin de Bryuynening gollari evaziga “Byornli”dan ustun keldi.

“Liverpul” safarda “Uotford”ga javobsiz 5 ta gol urdi. “Qizillar” safida Roberto Firmino het-trik qayd etdi, shuningdek, Muhammad Saloh va Sadio Mane ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Liverpul” 18 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Manchester Siti” (17) esa 2-pog‘onani band etgan.

APL

8-tur bahslari

16-tur bahslari

“Lester” – “Manchester Yunayted” 4:2

Gollar: 0:1 – 19 Grinvud, 1:1 – 31 Tilemans, 2:1 – 78 So‘yunjyu, 2:2 – 82 Reshford, 3:2 – 83 Vardi, 4:2 – 90+1 Daka.

“Lester” – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Amarti, So‘yunjyu, Kastan, Tilemans, Meddison (Peres, 73), Sumare, Vardi, Ixeanacho (Daka, 77).

“Manchester Yunayted” – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou, Lingard, Maktominey, Matich, Pogba, Brunu Fernandesh, Sancho (Reshford, 65), Ronaldu, Grinvud.

Ogohlantirishlar: Lindelyof (52).

“Manchester Siti” – “Byornli” 2:0

Gollar: 1:0 – 12 Bernardu Silva, 2:0 – 70 de Bryuyne.

“Manchester Siti” – Steffen, Joau Kanselu, Stounz, Lyaport (Ruben Diash, 72), Ake, de Bryuyne (Fernandinyo, 84), Bernardu Silva (Palmer, 90), Rodri, Foden, Sterling, Mahrez.

“Byornli” – Poup, Louton, Tarkovski, Kollinz, Piters, Kork (Gudmundsson, 72), Vestvud, Braunxill, Maknil, Vud (Rodriges, 82), Korne (Barns, 56).Ogohlantirishlar: Lyaport (45).

“Uotford” – “Liverpul” 0:5

Gollar: 0:1 – 9 Mane, 0:2 – 37 Firmino, 0:3 – 52 Firmino, 0:4 – 54 Saloh, 0:5 – 90 Firmino.

“Uotford” – Foster, Femeniya (Ngakia, 56), Ketkart, Trost-Ekong, Rouz, Mazina (Kleverli, 46), Sissoko, Kutska, Dennis (Joao Pedro, 69), Ernandes, Sarr.

“Liverpul” – Kellexer, Aleksander-Arnold (Oksleyd-Chemberlen, 65), Matip, van Deyk, Robertson (Simikas, 64), Milner (Uilyams, 83), Henderson, Keyta, Firmino, Saloh, Mane.