Sirdaryoda o‘z farzandini sotayotgan ona ushlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Foto: Sirdaryo IBB

Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahar hududida tadbir o‘tkazilgan. Unda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro B.S o‘zining 2021-yil 8-oktabr kuni tug‘ilgan farzandini 5 000 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi va undan kimyoviy ishlov berilgan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Fuqaro B.S.ning voyaga yetmagan farzandi Sirdaryo viloyatidagi bolalar uyiga topshirilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.