Buxoro viloyatida “GAZ-24” (Volga) gaz balloni portladi, deya xabar bermoqda “Bu kun” informatsion dasturi.

Kadr: Videodan skrinshot

Ma’lum qilinishicha, Buxoro—G‘uzor—Denov avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan “GAZ-24” furgonida o‘rnatilgan ikki 50 litr hajmdagi siqilgan gaz ballonining biri portlagan. Portlashga gaz ballonidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Gaz balloni portlashi oqibatida avtomobilning haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda voqea yuzasidan viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.