Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish va quyish shaxobchalarining biridan gaz to‘ldirib chiqqan “Gazel” gaz balloni portlab ketdi.

Foto: “Zamon.uz”

Viloyat IIB YHXB katta inspektori Erkin Ochilovning “Zamon.uz”ga ma’lum qilishicha, voqea 8-sentabr kuni soat taxminan 06:00 lar atrofida yuz bergan. Zapravkadan gaz to‘ldirib chiqqan “GAZ 330202” GBA SPG rusumli yuk bortli avtomashina gaz balloni portlab ketgan.

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil yo‘lning chap tomonida o‘rnatilgan beton to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda tan jarohati olgan haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.