Daryo

Surxondaryodagi zapravkada Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi

Gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan ballonning yuqori bosim ostida texnik deformatsiyasi sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish74 014 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Surxondaryodagi siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarining birida Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2-oktabr kuni soat 15:30 da Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Jarqo‘rg‘on Sarbon-Broker” MChJga qarashli siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida Lacetti rusumli avtomobilga gaz to‘ldirish jarayonida gaz ballonining yorilishi yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, yong‘in sodir bo‘lmagan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari chaqirilmagan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan (ECeK 110 Sh 72 kg skotchli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformatsiyasi sabab bo‘lgan.

Avvalroq Qashqadaryoda harakatlanayotgan Lacetti’ning gaz balloni portlab ketgani, Navoiydagi gaz-zapravkada portlash sodir bo‘lgani, Navoiydagi zapravkada Labo yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar