Daryo

Qashqadaryoda harakatlanayotgan Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi

Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan

1 daqiqa o‘qish96 612 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida harakatlanayotgan Lacetti’ning gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 29-sentabr kuni soat 08:05 da tumanning Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilining gaz ballonida yorilish yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, avtomashinada faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan. Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

“Barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonidan foydalanish texnik talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Jizzaxda zapravkadan chiqqan “Gazel” yuk mashinasi gaz balloni portlab ketgani, Navoiydagi gaz-zapravkada portlash sodir bo‘lgani, Navoiydagi zapravkada Labo yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar