AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 10-oktabr tongida og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri (31-0-1, 21 KO) va sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) o‘rtasidagi jang bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Jang oqshomi Toshkent vaqti bilan 06:45 da boshlanadi. Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi bahs esa taxminan 09:00 atrofida boshlanadi.

Bokschilar bellashuvdan oldin tarozidan o‘tdi. Tayson 125,6 kg vazn qayd etgan bo‘lsa, Uaylder undan yengilroq chiqdi — 107,9 kg.

Bu mazkur bokschilar o‘rtasidagi uchinchi qarama-qarshilik bo‘ladi. Dastlabki jangda (2018-yil) durang qayd etilgan bo‘lsa, 2020-yilgi revanshda Fyuri nokaut evaziga g‘alaba qozongan.