7-oktabr kuni olingan sara suratlar jamlanmasini namoyish etamiz.
Alyaskaning Klark ko‘li milliy bog‘ida yashaydigan ayiqlar ertalab sayoz suvda yegulik qidirmoqda.
Foto: Legion Media
Istanbul shahri va uning tepasidagi bulutlarning samolyotdan ko‘rinishi.
Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
Mavzuga doir: Hayratomuz maskanlar: Shahar shovqinidan qochib ketish istagini uyg’otuvchi so‘lim qishloqlar (foto)
Qirolicha Yelizaveta II kelasi yil Birmingemda bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlik o‘yinlari uchun mash’ala estafetasining ochilishida ishtirok etdi.
Foto: Getty Images
Avstraliyalik suzuvchi Xloe Makkardell 44 marta La-Mansh bo‘g‘ozi bo‘ylab suzib o‘tdi va britaniyalik sportchi Alison Striterning jahon rekordini yangiladi.
Foto: “TASS”
Jeyms Bond roli bilan tanish britaniyalik aktyor Daniel Kreyg Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘ziga tegishli yulduzni qabul qilib oldi.
Foto: EPA
Nyu-Yorkda poli va derazalari oynadan bo‘lgan One Vanderbilt osmono‘par binosining kuzatuv joyi ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Foto: Getty Images
Dron yordamida olingan bu suratda himoya kiyimidagi ishchilar Kaliforniyaning Nyuport-Bich shahri sohilini neft qoldiqlaridan tozalash jarayoni aks etgan.
Foto: AP Photo
Bangalorda ko‘p qavatli uy qulab tushganidan so‘ng yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar guruhi a’zosi.
Foto: AFP
Germaniyaning Oberxauzen shahrida tashkillashtirilgan “Nozik jannat” ko‘rgazmasidagi yovvoyi bo‘ri tasvirini suratga olayotgan tashrif buyuruvchi.
Foto: AP Photo
Kobulda “Tolibon” reydi paytida qo‘lga olingan giyohvandlar Ibn Sino tibbiy shifoxonasining detoksifikatsiya bo‘limiga piyoda ketmoqda.
Foto: AP Photo
Pokistonning Balujiston shtatidagi Xarnay shahrida yuz bergan zilziladan keyin tibbiy asbob-uskunalar olib kelgan vertolyot yaqinida yig‘ilgan odamlar.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari
- Kosmosda olingan ilk kino, qovoqlar bilan to‘lgan favvora, Al Kaponening sotilayotgan qo‘l soati. 5-oktabr suratlari
- Rim Papasi va islomshunos olim uchrashuvi, loyga botgan sportchi, sobiq prezident saqlanayotgan qamoqxona. 4-oktabr suratlari
- Hayvonlar uchun qurilgan ko‘prik, daraxt ekayotgan qirolicha, ilk qorni “tatib ko‘rmoqchi” bo‘lgan o‘quvchi. 1-oktabr suratlari
- Vaksinatsiyaga qarshilar mitingi, jurnalistga qurol o‘qtalgan “Tolibon” askari, bir yilga qamalgan sobiq prezident. 30-sentabr suratlari
- Xitoydagi energetik inqiroz, Shimoliy Koreyada uchirilgan gipertovushli raketa, Jeyms Bondning yangi filmi. 29-sentabr suratlari
- Xogvarts maktabidagi shou, benzin uchun navbatda turgan britaniyaliklar, turmada saqlanayotgan afg‘on ayollari. Hafta suratlari