Ijtimoiy tarmoqlarida “Toshkent ko‘chalarida yugurayotgan bir guruh samuraylar” sarlavhali video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida restoran ochilishi munosabati bilan yollangan aktyorlar maxsus kiyimlarda ochilish marosimiga jalb qilingan.

Aktyorlarning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi ta’kidlangan.

Bundan avval Namanganda bankomat 10 ming o‘rniga 50 ming so‘mlik kupyura chiqarayotgani bo‘yicha izoh berilgani, Toshkentda ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgani uchun tanishini kaltaklagan 17 yoshli qizning onasi jarimaga tortilgani hamda Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgani uchun qo‘lga olingani aytilgan taniqli avtobloger 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.