Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 29-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

E guruhida “Bavariya” “Dinamo Kiyev”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Robert Levandovski dubl qayd etgan bo‘lsa, Serj Gnabri, Leroy Sane va Shupo-Moting bir martadan darvozani ishg‘ol qildi.

Guruhning yana bir o‘yinida “Barselona” Portugaliyada “Benfika” mehmoniga bo‘ldi. Ronald Kuman shogirdlari 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Benfika”da Rafa Silva bitta gol urgan bo‘lsa, Darvin Nunyes dublga erishdi.

2-turdan so‘ng “Bavariya” 6 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi. “Barselona” esa 4-o‘rinda bormoqda.

F guruhining birinchi o‘yini “Atalanta” va “Yang Boyz” jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Italiya jamoasi Matteo Pessinaning goli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

“Manchester Yunayted” esa “Old Trafford”da Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Pako Alkaser ispanlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib, Aleks Telles muvozanatni tenglashtirdi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarning so‘nggisida Krishtianu Ronaldu g‘alaba golini urdi.

H guruhida “Zenit” “Malmyo” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Yuventus” esa Turinda Federiko Kyezaning goli evaziga “Chelsi”ni taslim etdi.

Chempionlar Ligasi onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

YChL

2-tur bahslari

29-sentabr, chorshanba

E guruhi

“Bavariya” — “Dinamo Kiyev” 5:0

Gollar: 1:0 – 12, Levandovski (penalti), 2:0 – 27 Levandovski, 3:0 – 68 Gnabri, 4:0 – 74 Sane, 5:0 – 87 Shupo-Moting.

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Ernandes, Upamekano, Devis (Pavar, 69), Goretska (Zabitser, 80), Kimmix, Myuller, Levandovski (Shupo-Moting, 79), Gnabri (Musiala, 69), Sane (Sarr, 79).

“Dinamo Kiyev”: Bushan, Timchik (Kendzera, 46), Shabanov, Zabarniy, Mikolenko, Sidorchuk, Andrievskiy, de Pena, Sigankov (Karavaev, 70), Shaparenko (Shepelev, 46), Garmash (Supryaga, 70).

Ogohlantirishlar: Timchik (37), Ernandes (90).

“Benfika” — “Barselona” 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Nunes, 2:0 – 69 Rafa Silva, 3:0 – 79, Nunes (penalti).

“Benfika”: Vlaxodimos, Vertongen, Otamendi, Verissimo, Grimaldo (Almeyda, 75), Lazaro (Jilberto, 45), Joau Mariu, Vaygl, Rafa Silva (Pissi, 86), Yaremchuk (Taarabt, 75), Nunes (Gonsalu Ramush, 86).

“Barselona”: ter Shtegen, Serxi Roberto (Mingesa, 89), Pike (Gavi, 33), Arauxo, Erik Garsiya, Dest, Buskets (Niko Gonsales, 68), de Yong, Pedri (Koutinyo, 68), de Yong (Fati, 68), Depay.

Ogohlantirishlar: Pike (12), Otamendi (33), Erik Garsiya (54), Rafa Silva (56), Grimaldo (62), Vaygl (72), Dest (78), Niko Gonsales (86).

Chetlatish: Erik Garsiya (87).

F guruhi

“Atalanta” — “Yang Boyz” 1:0

Gol: 1:0 – 68 Pessina.

“Manchester Yunayted” — “Vilyarreal” 2:1

Gollar: 0:1 – 53 Pako Alkaser, 1:1 – 60 Telles, 2:1 – 90+5 Ronaldu.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Lindelyof, Telles (Fred, 89), Pogba (Kavani, 75), Brunu Fernandesh, Maktominay, Sancho (Matich, 75), Ronaldu, Grinvud (Lingard, 89).

“Vilyarreal”: Rulli, Foyt, Albiol (Mandi, 73), Pau Torres, Alberto Moreno (Penya, 73), Kapu, Parexo, Trigeros (Estupinyan, 61), Pino (Moyses Gomes, 73), Pako Alkaser (Dia, 58), Dandjuma.

Ogohlantirishlar: Alberto Moreno (59), Pino (67), Grinvud (68), Albiol (68), Telles (71), Penya (90), Ronaldu (90).

G guruhi

“Zalsburg” — “Lill” 2:1

Gollar: 1:0 – 35, Adeyemi (penalti), 2:0 – 53, Adeyemi (penalti), 2:1 – 62 Yilmaz.

“Volfsburg” — “Sevilya” 1:1

Gollar: 1:0 – 48 Shteffen, 1:1 – 87, Rakitich (penalti).

H guruhi

“Zenit” — “Malmyo” 4:0

Gollar: 1:0 – 9 Klaudinyo, 2:0 – 49 Kuzyayev, 3:0 – 80 Sutormin, 4:0 – 90 Vendel.

“Yuventus” — “Chelsi” 1:0

Gol: 1:0 – 46 Kyeza.

“Yuventus”: Shchensni, Danilo, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabyo (Makkenni, 77), Lokatelli, Bentankur (Kyellini, 83), Kuadrado, Bernardeski (Kulusevski, 66), Kyeza (Kin, 77).

“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta (Loftus-Chik, 62), Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Barkli, 75), Alonso (Chiluell, 46), Kovachich, Jorjinyo (Chaloba, 62), Ziyosh (Hadson-Odoi, 62), Haverts, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Alonso (18), Ziyosh (61), Ryudiger (65).