O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunlarida Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Oktabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari 9-oktabr kuni Malayziya, 12-oktabrda esa Iordaniya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentabr oyida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)