“Vaqf” jamoat fondi tomonidan so‘nggi 4 yilda diniy ta’lim sohasiga 9 762 663 247 so‘m xayriya sifatida yo‘naltirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda fond axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 3 ta oliy: Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabi hamda 10 ta o‘rta maxsus islom bilim yurtlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun:

  • 2018-yilda 723 533 386 so‘m;
  • 2019-yilda 2 222 700 000 so‘m;
  • 2020-yilda 1 410 634 244 so‘m;
  • 2021-yilda 2 272 795 617 so‘m xayriya yo‘naltirilgan.

Shuningdek, pandemiya davrida hukumat tomonidan fondga ajratilgan xayriya mablag‘lari hisobidan 3 133 000 000 so‘m diniy ta’lim muassasalariga xayriya sifatida yo‘naltirildi.

Umumiy hisobda fond o‘z faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 9 762 663 247 so‘m diniy ta’lim sohasiga xayriya sifatida yo‘naltirilgan.

“Fond tomonidan ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda xorijiy hamkorlar Saudiya Arabistoni, Germaniya va Turkiya kabi davlatlarning ham salmoqli hissalari bor”, – deydi Saidabror Umarov.