Markaziy bank 28-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 10 665,73 so‘mni tashkil qildi. Yevro 22,15 so‘mga pastlab, 12 475,70 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 19,94 so‘mga pastlab, 10 650 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning dastlabki 8 oyi davomida 1 AQSh dollari uchun so‘m almashuv kursi 10449–10683 so‘m oralig‘ida tebranib, yil boshidan beri 2 foizga qadrsizlandi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi oshgan bo‘lsa-da, unda xorijiy valyuta hajmi kamaydi.
Izoh (0)