Daryo

Saudiya Arabistoni O‘zbekistondagi “Vaqf” fondiga 20 ming nusxada Qur’oni karim hadya qildi

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish39 942 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr / “Vaqf”

Saudiya Arabistoni 6-may kuni O‘zbekistondagi “Vaqf” fondiga 20 ming nusxada Qur’oni karim hadya qildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr / “Vaqf”

Ma’lum qilinishicha, shu kuni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Toshkentdagi “Hazrati Imom” majmuasidagi “Mo‘yi muborak” muzeyida tashkil etildi. Dastlab mehmonlar muzeyda joylashgan “Hazrati Usmon mus’hafi”ni ziyorat qildi.

Foto: “Vaqf” xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro hamkorlik va birdamlikda qilinayotgan xayriya tadbirlari haqida so‘z yuritdi.

Tadbir davomida elchixona vakillari Saudiya Arabistonida chop etilgan Qur’oni karimning 20 ming nusxasini “Vaqf” xayriya jamoat fondiga beg‘araz taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qilgandi. Ushbu xurmolar respublika bo‘ylab muhtojlarga beg‘araz xayriya qilingan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar