Jeyms Bond haqidagi 25-film — “O‘lish vaqti emas” kartinasining premyerasi oldidan bosh rol ijrochisi Deniel Kreyg Qirollik harbiy-dengiz flotining faxriy kommanderiga aylandi. Filmlarda maxfiy josus 007 ham aynan ushbu lavozimda xizmat qiladi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Camera Press

“Faxriy komandir etib tayinlanish men uchun katta sharaf”, — deya izoh beradi Kreyg unvon olganiga. Ta’kidlanishicha, 53 yoshli aktyor “Qirollik floti xizmatchilarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi va harbiy xizmatchilarning oilasi bilan qiziqadi”.

Birinchi dengiz lordi, admiral Toni Radakinning so‘zlariga ko‘ra, faxriy ofitserlarning roli “zamonaviy va tayyorgarlik ko‘rgan Qirollik flotining butun dunyo bo‘ylab qilayotgan ishlariga oid ma’lumotlarni tarqatishda vaqt va tajribasi bilan bo‘lishuvchi elchi hamda himoyachilar bo‘lishdan iborat”.

Deniel Kreyg 2006-yildan buyon josus Jeyms Bond rolini ijro etib keladi, o‘shanda u “Kazino Royal” filmida suratga tushgandi.

“O‘lish vaqti emas” kartinasi Kreyg ijrosidagi Bondning so‘nggi kartinasiga aylanadi. Ushbu film franshizaning 25-qismi hisoblanadi.