Muxlislar loyiha posteri va Kristen Styuartning Diana obrazidagi bir-ikkita kadrning o‘zinigina ko‘rganiga qaramay, “Spenser” kartinasi allaqachon odamlar og‘ziga tushib ulgurdi. Va nihoyat filmning ilk rasmiy treyleri e’lon qilindi.
“Spenser” kartinasida Diananing shahzoda Charlz bilan munosabatlariga allaqachon darz ketib, ajrashish arafasida turgani, ya’ni 1991-yildagi voqealar haqida hikoya qilinadi.
Pablo Larrainaning kartinasidagi voqealar Rojdestvo bayrami vaqtida Sandringem saroyida kechadi. Sujetga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining xiyonat qilayotganidan shubhalangan Diana “qirollik o‘yinlari”ni yaxshi bilgan holda oxirigacha borishga tayyor bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kristen Styuartdan tashqari filmda Timoti Spoll, Salli Xokins va Shon Xarris ham suratga tushadi. Kinolentaning premyerasi 2021-yilning 5-noyabrida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)