Daryo

Jeyms Bond haqidagi “O‘lish vaqti emas” kartinasining final treyleri e’lon qilindi

Bu Deniyel Kreyg Bond rolini ijro etadigan so‘nggi kartina hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish35 200 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

YouTube’ning Jeyms Bond haqidagi rasmiy kanali maxfiy josus haqidagi 25-film — “O‘lish vaqti emas”ning final treyleri bilan bo‘lishdi. Bu Deniyel Kreyg Bond rolini ijro etadigan so‘nggi kartina hisoblanadi, deb xabar beradi Esquire.

Kadr: YouTube

“U agent 007 ga aylanganidan buyon har bir missiya, har bir qurbon shunga olib keldi”, — deyiladi treylerda. Rolikda Deniyel Kreyg ijro etgan Jeyms Bond haqidagi to‘rtta filmdan kadrlar ko‘rsatilgan: “‘Royal’ kazinosi” (2006), “Shafqat kvanti” (2008), “007: ‘Skayfoll” koordinatalari” (2012) va “007: Spektr” (2015).

Bundan tashqari, boshqa treylerda ko‘rsatilgan sahnalarni ham ko‘rish mumkin, xususan, bosh yovuz qahramon Safinning laboratoriyasi (Rami Malek) tasvirlangan. U o‘z monologida Bond maxfiy josus haqidagi oldingi filmda qahramon Madlen Suonni (Lea Seydu) yaxshi ko‘rishi haqida fikr yuritadi.

Shuningdek, rolikda kartinaning AQShdagi premyerasi 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi ham ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir: Aktyor Deniyel Kreyg farzandlarini merosdan mahrum qilishga qaror qildi. Uning boyligi 160 million dollarga baholanmoqda

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar