Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 25-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Chelsi” Londonda “Manchester Siti”ni qabul qildi. Uchrashuvning 53-daqiqasida Gabriel Jezus mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

Qayd etish kerak, bu Tomas Tuxel shogirdlari uchun mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Manchester Siti” 13 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. “Chelsi”ning hisobida ham shuncha ochko bor, jamoa 3-o‘rinda bormoqda.

“Manchester Yunayted” o‘z uyida “Aston Villa” bilan kurash olib bordi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Kortni Hoz burchakdan oshirib berilgan to‘pni golga aylantirdi va “Aston Villa”ni hisobda oldinga chiqib oldi. 91-daqiqada hakam “Manchester Yunayted” foydasiga penalti belgiladi. Ammo Brunu Fernandesh bundan unumli foydalana olmadi. Shu tariqa “Aston Villa” sensatsion tarzda Manchester jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.

“Manchester Yunayted” 13 ochko bilan 4-o‘rinni band etib turibdi. “Aston Villa” esa ochkolari sonini 10 taga yetkazdi va 7-o‘ringa ko‘tarildi.

APL

6-tur bahslari

25-sentabr, shanba

“Chelsi” – “Manchester Siti” 0:1

Gol: 0:1 — 53 Gabriel Jezus

“Chelsi”: Mendi, Jeyms (Tiago Silva, 29), Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, Jorjinyo (Loftus-Chik, 76), Kante (Haverts, 60), Lukaku, Verner.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, de Bryuyne (Mahrez, 81), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Sterling, 87), Foden (Fernandinyo, 87), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Lyaport (65), Alonso (77), Kristensen (78), Ryudiger (84), Ruben Diash (90).

“Manchester Yunayted” – “Aston Villa” 0:1

Gol: 0:1 — 88 Hoz

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr (Lindelyof, 67), Shou (Diogu Dalot, 34), Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, Maktominay (Kavani, 82), Ronaldu, Grinvud.

“Aston Villa”: Martines, Hoz, Mingz, Konsa, Targett, Kesh, Makginn, Duglas Luis, Remzi (Archer, 86), Ingz (Buendia, 78), Uotkins.

Ogohlantirishlar: Shou (29), Makginn (66), Fred (77), Kesh (90).