• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi

    Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi “qurol to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish” munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qonun 14 ta moddadan iborat bo‘lib, uning asosida 11 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

    Senator Farhod Boqiyevning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi “Qurol to‘g‘risida”gi qonunda fuqarolik va xizmat quroli hamda o‘q-dorilar sohasida litsenziyalash va ruxsatnoma berish vakolati Milliy gvardiya organlariga yuklatilgan. Biroq fuqarolik va xizmat quroli hamda o‘q-dorilarni saqlash qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chora ko‘rish esa ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

    Farhod Boqiyevning qayd etishicha, xorijiy davlatlarda qurol muomalasi sohasidagi munosabatlar, ya’ni litsenziyalash va ruxsatnoma berish hamda ularning talablariga rioya etilishini nazorat qilish vakolati yagona davlat organiga topshirilgan.

    “Shu sababli respublikamizda ham qurol sohasida litsenziya va ruxsatnoma berish hamda nazorat qilish funksiyalarini yagona davlat organiga o‘tkazish zaruriyati mavjud”, — degan Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi.

    U, shuningdek, “Qurol to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingach, o‘qotar quroldan tashqari, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, tig‘li, uloqtirish quroli va elektroshok qurilmalariga egalik qilishga ruxsat berilganini ham eslatib o‘tdi. Biroq o‘qotar bo‘lmagan yuqorida ko‘rsatilgan qurollarga noqonuniy egalik qilish uchun qonunchilikda javobgarlik mavjud emas. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslarida faqatgina o‘qotar qurolni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik va noqonuniy egalik qilish uchun javobgarlik belgilangan, xolos.

    Senatorning ma’lum qilishicha, 2020-yilda o‘qotar bo‘lmagan qurolga ruxsatnomasiz egalik qilish bilan bog‘liq aniqlangan 2 174 ta holat bo‘yicha shaxslarga javobgarlik choralari ko‘rish uchun huquqiy asos bo‘lmagan.

    “Bu esa o‘qotar bo‘lmagan qurollar bilan fuqarolar o‘rtasida ‘erkin muomala qilish’ vaziyatining shakllanishiga imkon yaratmoqda. Sodda qilib aytganda, o‘qotar bo‘lmagan qurolga noqonuniy egalik qilish, ya’ni uyda saqlash, ko‘cha-ko‘yda olib yurish, ta’lim muassasalariga olib borish va hokazo holatlarda qurol egasi undan turli jinoiy maqsadlarda foydalanmasligiga kafolat yo‘q”, — degan Farhod Boqiyev.

    Senator ayni shu sababli qonunchilikdagi mazkur “huquqiy bo‘shliq”ni to‘ldirish maqsadida qo‘yidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilayotganini bildirgan:

    • birinchidan, qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazish;
    • ikkinchidan, o‘qotar bo‘lmagan qurol bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik nazarda tutish;
    • uchinchidan, qonunlardagi mavjud tushunchalar, qurol turlari va ularning huquqiy holatini “Qurol to‘g‘risida”gi qonunga muvofiqlashtirish.
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda Prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda qurol ishlab chiqarish uchun litsenziya kimlarga berilishi ma’lum qilindi
    •  O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qurol uchun ruxsatnoma olishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

    06.04.2021, 22:33   Izoh (0)   23675
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada ko‘p qavatli uydagi xonadonda qulflanib qolgan 4 yoshli bola qutqarildi

    06.04.2021, 22:08

    O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi

    06.04.2021, 21:58

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    06.04.2021, 21:45

    Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya parlamentining Milliy Assambleya spikeri boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi

    06.04.2021, 21:29

    Andijonda tug‘ilgan xitoylik investorning Temurbek ismli o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi

    06.04.2021, 21:21

    O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi vaksina ishlab chiqarishni yil oxirigacha yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

    06.04.2021, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.