Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” UK holatga rasmiy izoh berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 20-sentabr kuni soat 09:10 da “G‘ofur G‘ulom” bekatidan “Chorsu” bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlanib kelgan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan. Texnik nosozlik 09:25 da bartaraf etilgan.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi “Toshkent metropoliteni” UK munosabatida.

Qayd etish joizki, mart oyidan buyon Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq shu kabi voqealar tez-tez yuz bermoqda. Xususan, 18-mart kuni  “Olmazor” (Chilonzor yo‘li) va “Bekat-1” (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashgandi.

9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga, metropolitendagi yerosti va yerusti poyezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilindi. 28-aprel kuni esa tunnelda to‘xtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yo‘lovchilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan. 13-may kuni “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborilgandi. 20-iyun kuni “Olmazor” bekatida ham xuddi shu kabi holat yuz bergan, 28-avgust kuni Toshkent metrosi poyezdida kuzatilgan nosozlik sabab yo‘lovchilar “Toshkent” bekatida tushirib qoldirilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi