O‘zbekistonda 17-sentabr kuni 590 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 167 858 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 33 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 11 nafari Namangan viloyatida,
  • 51 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 20 nafari Xorazm viloyatida,
  • 112 nafari Toshkent viloyatida,
  • 228 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kuni jami 854 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 82 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida 40 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 35 nafar, Samarqand viloyatida 65 nafar, Surxondaryo viloyatida 19 nafar, Farg‘ona viloyatida 61 nafar, Toshkent viloyatida 224 nafar, Toshkent shahrida 298 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 161 275 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1184 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 17-sentabr kuni 112 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 26068 nafarga yetdi. Shu kuni ularning 539 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 21836 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 213 nafarga yetdi.