Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 15-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Navbahor”

Turning markaziy uchrashuvi “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

“OKMK” o‘zida “Turon”ni qabul qildi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Mirjamol Qosimov burchak zarbasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 77-daqiqada Aleksandr Kasyan hisobni oshirdi va qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Andijon” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob 73-daqiqaga kelib ochildi: Usmonali Ismonaliyev andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq so‘nggi daqiqalarda “Metallurg” Damir Temirov va Ivan Nagayevning gollari evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.

15-sentabr kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: PFL

Superliga

18-tur bahslari

15-sentabr, chorshanba

“Paxtakor” — “Navbahor” 0:0

“OKMK” — “Turon” 2:0

Gollar: 1:0 – 51 Qosimov, 2:0 – 77 Kasyan.

“Andijon” — “Metallurg” 1:2

Gollar: 1:0 – 73 Ismonaliyev, 1:1 – 87 Temirov, 1:2 – 89 Nagayev.