• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kobuldagi teraktdan keyin AQSh xavfli terrorchi yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Jurnalistlar surishtiruviga ko‘ra terrorchi emas, suv tashiyotgan ishchi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

    29-avgust kuni AQSh harbiylari Kobulda go‘yoki “Viloyati Xuroson” — IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi terrorchilariga tegishli mashinani portlatgani haqida e’lon qilgandi. Amerika qo‘mondonligi bayonotlariga ko‘ra, buning natijasida guruh tomonidan rejalashtirilgan yana bir yirik teraktning oldi olingan. Ushbu guruh 26-avgust kuni evakuatsiya ishlari ketayotgan Kobul aeroporti yaqinidagi ikkita portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi: ularda kamida 200 kishi halok bo‘lgan. Harbiylar MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchar qurilmasi bilan portlatilgan mashina haydovchisinining shaxsini aniqlay olmaganini aytgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash paytida haydovchidan tashqari mashina yonidagi uch bola ham halok bo‘lgan.

    Foto: The New York Times

    Foto: The New York Times

    The New York Times va The Washington Post jurnalistlarining da’vo qilishicha, ular qurbonning shaxsini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum 43 yoshli elektrotexnika muhandisi Zamaray Ahmadiy bo‘lib, u 2006-yildan beri Afg‘onistondagi ochlarga yordam berib kelayotgan Kaliforniyaning Nutrition and Education International (NEI) xayriya tashkilotida ishlagan. Qolaversa, yaqinlarining aytishicha, Ahmadiy avvalroq AQShdan boshpana so‘rashga ulgurgandi.

    Harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya kuni Ahmadiy shahar bo‘ylab g‘ayrioddiy xatti-harakatlar bilan e’tiborni tortgan, jumladan, u go‘yoki IShID a’zolari berkingan uylarga tashrif buyurgan. Biroq o‘sha kuni Ahmadiyni ko‘rganlar bilan suhbatlashgan jurnalistlar uning yo‘nalishi odatdagidan unchalik farq qilmagan, deya xulosa qildi. Ishga ketayotib, Ahmadiy yo‘l-yo‘lakay hamkasblarini va xo‘jayinining uyidan noutbukni olib ketish uchun uch marta to‘xtagan. Harbiylarning aytishicha, ular uning oq ragli Toyota’sini shu yerdan kuzata boshlagan.

    The New York Times xabariga ko‘ra, aynan nima jangarilarning maxfiy obyekti deb olingani noaniq, lekin ertasi kuni haqiqatan ham Kobul aeroportiga aynan Ahmadiyning xo‘jayini xonadoni yaqinidan raketa zarbasi berilgan.

    Ahmadiyning mashinasiga qilingan hujumni asoslash uchun yana bir argument shuki, u yana uch kishi bilan birga mashinasiga tarkibi tushunarsiz yuklarni ortgan va bu Amerika droni tomonidan yozib olingan. Biroq Ahmadiyning hamkasblari bu portlovchi moddalar emas, balki suv bilan to‘ldirilgan uchta plastik bak ekanini ta’kidlamoqda: u ishxonadan uyiga suv olib ketayotgan edi. Kobulda rasmiy hukumat a’zolari qochib ketganidan keyin suv ta’minoti ishlamay qolgan. NEI ofisining qo‘riqchisi jurnalistlarga tasdiqlashicha, u Ahmadiyning baklarni suv bilan to‘ldirayotganini ko‘rgan.

    Taxminan soat 15:30 da Ahmadiy ofisdan chiqib, hamkasblarini uy-uyiga tashlab, soat 16:50 da o‘z hovlisiga kirib ketgan. Ahmadiyning uyi shaharning aholi gavjum hududida joylashganiga qaramay, Amerika dron boshqaruvchisi mashinaning yonida bir erkakdan boshqa hech kimni payqamagan — va zarba bergan.

    Natijada Amerika ma’lumotlariga ko‘ra, yana uch bola halok bo‘lgan, qurbonning yaqinlari esa, Ahmadiylar oilasining yana 10 a’zosi hujum paytida vafot etganini ma’lum qildi.

    Harbiylar Ahmadiyda portlovchi moddalar borligiga dalil sifatida, birinchi portlashdan ko‘p o‘tmay, ikkinchi — ancha kuchliroq portlash ovozi eshitilganini ta’kidlamoqda. Biroq The Washington Post talabiga binoan, muhandis vafot etgan joydan olingan video va tasvirlarni o‘rgangan mutaxassislar, boshqa kuchli portlash sodir bo‘lganiga dalil topa olmadi. The New York Times ekspertlari ham buni aniqlay olmadi. WP ma’lumotlariga ko‘ra, agar ikkinchi portlash sodir bo‘lgan taqdirda ham bu ancha kuchsiz, ehtimol, avtomobilning yonilg‘i baklaridagi portlash bo‘lgan.

    Amerika qo‘mondonligi vakillari jurnalistlarga hodisa yuzasidan ichki tergov boshlanganini aytdi. Jumladan, portlash ularga ma’lum bo‘lganidan ko‘proq odamlarning hayotiga zomin bo‘lgani haqidagi xabarlar aniqlashtirilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash yuz berdi. 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi. IShID terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Jo Bayden terrorchilarga zarba berishni buyurdi
    • Kobulda yana portlash sodir bo‘ldi — AQSh terrorchilarga zarba berdi (video)

    14.09.2021, 09:15   Izoh (0)   18980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi

    14.09.2021, 07:24

    Shimoliy Koreya yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli uchirgani haqida e’lon qildi

    13.09.2021, 23:27

    SSSRda “Iliqlik davri”. Sovet Ittifoqida qonli zulm va shaxsga sig‘inishni to‘xtatgan Nikita Xrushchyov

    13.09.2021, 19:15

    COVID-vaksina 6 oylik bolalarda sinovdan o‘tkaziladi, Qozog‘iston aholisining 60 foizi emlandi. Koronaxabarlar

    13.09.2021, 17:35

    Rossiyaning Irkutsk viloyatida samolyot qulab tushdi, 4 kishi halok bo‘ldi

    13.09.2021, 16:15

    Bayden: “Tojikistonda ham odamlar Kobuldagi kabi Amerika samolyotiga osilib olgan bo‘lardi”

    13.09.2021, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 11:05

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.