Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turida “Chelsi” 11-sentabr, shanba kuni “Aston Villa” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Londondagi o‘yinda 3:0 hisobida “aristokratlar”ning qo‘li baland keldi. Romelu Lukaku 15-daqiqada hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Mateo Kovachich himoyachilarning xatosidan keyin hisobni oshirdi. 90+3-daqiqada esa Romelu Lukaku super zarbasi bilan hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

“Chelsi”ning ochkolari 10 taga yetdi va 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Aston Villa” 4 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

APL

4-tur bahsi

11-sentabr, shanba

“Chelsi” – “Aston Villa” 3:0

Gollar: 1:0 – 15 Lukaku, 2:0 – 49 Kovachich, 3:0 – 90+3 Lukaku.

“Chelsi” – Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso, Kovachich, Saul (Jorjinyo, 46), Ziyosh, Haverts (Aspilikueta, 64), Hadson-Odoi (Verner, 82), Lukaku.

“Aston Villa” – Stir, Mingz, Tuanzebe, Konsa, Targett, Makginn, Duglas Luis (Nakamba, 80), Remzi (Beyli, 56), Kesh, Ingz (Traore, 69), Uotkins.

Ogohlantirishlar: Remzi (8), Mingz (28), Alonso (61), Targett (90), Makginn (90).

Mavzuga doir: APL. Ronaldu dublga erishgan, Fernandesh super gol urgan o‘yinda “Manchester Yunayted” “Nyukasl”ni yengdi, “Manchester Siti” va “Arsenal”da minimal hisobdagi g‘alaba