Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy bo‘linmalari tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida yer sotish bilan bog‘liq qator firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. boshqa bir fuqaroga ajratilgan 20 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 110 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.U. Beshariq tumanida joylashgan “Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi”ga tegishli 5 gektar yer maydonini fuqaro D.ga rasmiylashtirib berish evaziga 8 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi hamda DXXning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaroga tumandagi “Pahlavon Mahmud” mahallasida joylashgan zaxiradagi 6 sotix yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligiga ishontirib, ushbu yer maydonini 6,8 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro X.B. issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonining 12 sotixini boshqa bir fuqaroga uy-joy qurish uchun berish evaziga 3 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoroda ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish evaziga 10 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingani, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryoda yerni noqonuniy ravishda sotayotgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)