Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kuz faslida trendda bo‘lish uchun tirnoqlarni qanday bo‘yash tavsiya qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Geometrik shakllar bilan bezalgan manikyur

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Geometrik shakllar — mazkur kuz mavsumining eng asosiy manikyur trendlaridan biri hisoblanadi. Dizayn turli darajadagi murakkablikda — minimal chiziqlardan tortib, bir necha shakllarni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi mumkin. Hammasi fantaziyaga bog‘liq. Asosiysi, tez zeriktirib qo‘ymaydigan yorqin ranglarni umumlashtiring. Eksperiment qilishdan qo‘rqmang.

Gullar shakli bilan bezang

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Bu trend go‘yoki bolalikni esga soladi — rang-barang, mayda detallarga boyligi bilan o‘ziga xos sanaladi. Tirnoqlarni nomiga yoki bo‘rtib turadigan gul shakllari bilan bezashingiz mumkin. Ranglar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Tabiatga xos ranglar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Kuz tabiatiga xos bo‘lgan istalgan rang bilan tirnoqlaringizni bo‘yashingiz mumkin. Yashil, sariq, olovrangni alohida yoki birlashtirib tirnoqlaringizga surting. Uni shunday qoldirishingiz yoki bezashingiz mumkin.

Tabiiy ranglar

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Tirnoqlarini sariq rangga bo‘yashga va turli shakllar bilan bezashga tayyor bo‘lmagan minimalizm ishtiyoqmandlari uchun ushbu trend ayni muddao. Buning hammasi oddiy, och teri rangidagi bo‘yoqlar bilan tirnoqlarni bo‘yashning o‘zi kifoya. Manikyur qilingani bilinmaydi, ammo shu bilan birga, tirnoqlar sog‘lom va parvarish qilingan ko‘rinadi.

Yorqin ranglar bilan qilingan french

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Tirnoqlarni french qilish, ammo odatdagidan farqli ravishda yorqin ranglardan foydalanish yana urfda. Klassik manikyurdan voz kechib, noodatiy ko‘rining. Bir yoki bir necha rangdan foydalaning. O‘ziga xoslikni sevadiganlar uchun french bilan katak-katak, yurak shakli, yozuvlar va hatto qoplon printidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)