Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Hosila Rahimova “Qorajon” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.

Rossiyalik bloger Amiran Sardarov Instagram’dagi sahifasiga uni rafiqasi Maryam ko‘tarib turgani aks etgan suratni joylashtirdi. Amiran ushbu suratni “Amerikada hayot qiyin, deyishadi. Bu gapga qo‘shilmayman. Men yaxshi joylashib oldim” deya izohladi.

Foto: Instagram / @amiran495

Yigitali Mamajonov onasi va o‘g‘li bilan tushgan suratini “boyliklarim” deb izohladi.

Foto: Instagram

Ulug‘bek Rahmatullayevning “Akam” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi. Klipda ukasining o‘qib, bilim egallashi uchun zahmat chekkan aka haqida hikoya qilinadi.

Davron Kabulov Istanbuldan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Shohruxxon bolalikdagi orzusini qanday amalga oshirgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Feruza Normatova bir guruh bolalar davrasida.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Ubaydullo Omonning to‘yda rafiqasi bilan birgalikda Sanjar Shodiyevning qo‘shig‘iga raqsga tushayotgani aks etgan video tarqaldi.

Rayhon G‘aniyeva O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonova va bloger Doniyor Qayumov “zamministrning ikkinchi xotini” mavzusida hajviy rolik tayyorladi.

Zarina Nizomiddinova dugonasi Asal Shodiyeva bilan uchrashdi.

Foto: Instagram

AQShda yashovchi o‘zbek aktyori va huquqshunos Otabek Mahkamov bir necha kun davom etgan kasallikdan so‘ng va nihoyat oyoqqa turganini ma’lum qildi.

Nargiza Salmonova ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Ahad Qayum Sariq bola, ya’ni Jahongir Xo‘jayevga bergan va’dasiga binoan sochini sariq rangga bo‘yadi.