Tokio shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. 28-avgust kuni paradzyudo bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Foto: MOQ matbuot xizmati

-81 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Feruz Saidov musobaqaning hal qiluvchi bahsida qozog‘istonlik Temirjan Dauletni ippon bahosi bilan mag‘lub etib, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi oltin medallari soni 4 taga yetdi. Umumiy medallar borasidagi ko‘rsatkich esa 9 tani tashkil qilmoqda.