Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar aholi massivlarida 855 gektar maydonga ega yashil maydon hamda 585 gektar maydonda jamoat parklarini tashkil etadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida — 275 gektar, Samarqandda — 155 gektar, Surxondaryoda — 140 gektar, Jizzaxda — 130 gektar, Andijonda — 125 gektar, Farg‘onada — 108 gektar, Xorazmda — 80 gektar, Qoraqalpog‘istonda — 68 gektar, Navoiy va Qashqadaryoda — 63 gektardan, Buxoroda — 56 gektar, Sirdaryo va Namanganda 50 gektardan yer ajratiladi. Bunda, ushbu hududlar yer va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.

“Bundan tashqari, har bir mahallada daraxtlarning egasi uni parvarishlash uchun mas’ullar bo‘lishi shart. Afsuski, bizda bunday tizim yo‘q. Bu borada Guliston shahrida barcha ko‘p yillik daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, ularning pasporti qilingan.

Shu bois, I.Boqijonov, Kadastr agentligi (Umarov) yil yakuniga qadar daraxtlarni bino va inshootlar mulkdorlariga biriktirish va kadastr pasportini taqdim etish tizimini joriy etsin. Ishmetov, Qudbiyev bir oy muddatda tadbirkorlarga biriktirilgan daraxtlarni saqlash xarajatlarini foyda solig‘idan chegirib tashlash bo‘yicha taklif kiritsin”, — dedi Prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?