Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada 12-avgust kuni 25 nafar bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgandi. 13-avgust kuni tibbiyot muassasalariga yotqizilgan tarbiyalanuvchilar soni 30 nafarga yetgandi. Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu bolalarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17-avgustga kelib, tibbiyot muassasalarida intoksikatsiya sindromi belgilari bilan jami 12 tarbiyalanuvchi davolanmoqda. Ulardan 3 nafarining holati o‘rta og‘ir, 8 nafar bemorning holati o‘rtacha baholanib, sog‘ayish arafasida, 1 nafar bolaning holati qoniqarli.

Xabarda ta’kidlanishicha, tarbiyalanuvchilarning salomatligi va o‘tkazilayotgan surishtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi