Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya Qurolli Kuchlari (Bundesver)ning ikkita A400M samolyoti Kobuldan Toshkentga 400 dan ortiq odamni evakuatsiya qildi, deb xabar berdi Germaniya Mudofaa vazirligi Twitter sahifasida.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

“Toshkent va Kobul o‘rtasidagi havo ko‘prigi, Kobulda xavfsizlik holati bunga imkon berguniga qadar, evakuatsiyaning jadal davom etishini ta‘minlaydi.”, — deyiladi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Belgilangan fuqarolarning evakuatsiya qilinishini ta’minlash uchun O‘zbekiston tomoni alohida terminal ajratdi. Shu sababli “Toshkent-3” aeroporti noma’lum muddatga yopildi.

Evakuatsiya qilinganlar Toshkentdan Germaniyaga Lufthansa reyslari orqali yuboriladi. Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili axborotiga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘ladi.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

17-avgust kuni Germaniya Qurolli Kuchlarining (Bundesver) ikkinchi evakuatsiya samolyoti 125 nafar yo‘lovchi bilan Afg‘onistondan Toshkentga uchib kelgan. Samolyot Kobuldan havoga ko‘tarilishi bilan Germaniya Mudofaa vazirligi Twitter’dagi sahifasiga Airbus A400M Kobuldan Toshkentga qaytayotgani haqida xabar qilgan.

Xabarda bortda Germaniya fuqarolari, mahalliy afg‘on xodimlari hamda “himoyaga muhtoj boshqa shaxslar” borligi ta’kidlangan. “Aviatashuvlar boshlandi va bu xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat taqozo etguniga qadar davom etadi”, — deb yozadi Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Mas.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Germaniya hukumati Afg‘onistondan odamlarni evakuatsiya qilish operatsiyasi uzluksiz davom etishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. Bundesver 17-avgustda Kobuldan Toshkentga yana ikkita evakuatsiya reysini rejalashtirgan, deydi Xeyko Mas. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkita Airbus A400M samolyotidan tashqari, AQSh Harbiy havo kuchlarining mashinalari ham jalb qilinadi.

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Foto: Germaniya Mudofaa vazirligi

Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita Airbus A400M evakuatsiya samolyoti Kobuldan Toshkentga bir necha marta qatnaydi.

“Shunday qilib, biz imkon qadar ko‘proq himoyaga muhtoj odamlarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni ta’minlaymiz”, – deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
O‘zingizni qiynamasdan to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatadigan 9 ta layfxak
Kino
Har gal ko‘rganingizda qalbni jumbishga soladigan hayajonli va ta’sirchan kino sahnalari
Dunyo
Vengriya Xalqaro sud qarori bilan Putinni hibsga olmaydi, Myanma qarorni e’tiborsiz qoldiradi