Daryo

Ikki fotosurat: AQSh elchixonasini 1975-yili Saygondan va 2021-yili Kobuldan evakuatsiya qilish jarayoni

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni e’lon qilgach, jurnalistlar prezident Jo Baydendan 1975-yilgi voqealar takrorlanmaydimi deb so‘ragan edi

1 daqiqa o‘qish143 686 ko‘rishlar0 izoh0

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni e’lon qilgach, jurnalistlar prezident Jo Baydendan 1975-yilgi voqealar takrorlanmaydimi deb so‘ragan edi — o‘shanda qo‘shinlarini Vyetnamdan olib chiqib bo‘lgan amerikaliklar Saygondagi o‘z fuqarolari (asosan, diplomatlar)ni havo yo‘li orqali evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgandi. “Shiddatli shamol” deb nomlangan o‘sha operatsiya muvaffaqiyatsiz urushning timsollaridan biriga aylangan edi. Bayden jurnalistlarning bu savoliga shunday javob bergandi: “‘Tolibon’ — Shimoliy Vyetnam armiyasi emas. Ular hatto bunga yaqin ham kela olmaydi. Siz AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi tomidan odamlarni olib ketishayotganiga o‘xshash manzaralarni ko‘rmaysiz. Bu ikkisi mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan holatlar”.

Ushbu bayonot berilganidan bir oy o‘tib, toliblar Kobulni egalladi. AQSh o‘z diplomatlarini shoshilinch tarzda evakuatsiya qilishga kirishib, elchixona va mahalliy aeroport xavfsizligini ta’minlash uchun Afg‘oniston poytaxtiga qo‘shimcha harbiy kuch yuborishga va’da berdi.

Kobuldagi AQSh elchixonasi uzra uchayotgan vertolyot. 2021-yil, 15-avgust.Foto: Rahmat Gul / Associated Press / Meduza
Saygondagi AQSh elchixonasi tomidagi Amerika vertolyotlari. 1975-yil, aprel.Foto: Getty Images / Meduza
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar