Markaziy bank 18-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,69 so‘mga pastlab, 10 652,31 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,71 so‘mga pastlab, 12 539,90 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga pastlab, 10 660 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng ketma-ket ikkinchi kun pastladi.
O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida esa 16-avgust kuni dollar kursi birinchi marta 10 735 so‘mga qadar ko‘tarildi.
Izoh (0)