Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik otorinolaringolog, tibbiyot fanlari nomzodi Kseniya Kartashova COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangandan keyin ma’lum vaqt davomida bemorda hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishiga nima sabab bo‘lishi haqida “Rossiyskaya gazeta” nashriga ma’lumot berdi.

Foto: “Moskva 24”

Foto: “Moskva 24”

Shifokorning aytishicha, SARS-CoV-2 virusi organizmga tushgach, respirator-hid bilish neyronlari ishlashini ta’minlaydigan hujayralarga zarar yetkazadi. Yordamchi hujayralar halok bo‘lgach, neyronlar o‘z ishini bajarishni to‘xtatadi va bemor hid hamda ta’mni sezmay qoladi.

Bundan tashqari koronavirusni yuqtirib olish oqibatida hali hid va ta’m bilish bo‘yicha tajriba to‘plab ulgurmagan neyronlar asta-sekin shakllanadi.

“Ilmiy nazariyalarning biriga ko‘ra, neyronlar tufayli biz hidlarni noto‘g‘ri, buzilgan ko‘rinishda qabul qilamiz. Neyronlar bizga noto‘g‘ri signallar bera boshlaydi. Hammasi individual, har kimda turlicha hid hamda ta’m chalkashliklari kuzatilishi mumkin”, — deya ma’lumot bergan Kseniya Kartashova.

Shuningdek, shifokor koronavirusni og‘ir o‘tkazgan bemorlardagi yangi klinik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ham ma’lumot bergan. Ularning ayrimlarida gippokamp, ya’ni miyaning his-tuyg‘ular, xotira shakllanishida ishtirok etadigan qismida o‘zgarishlar kuzatilgan.

“Hid hamda ta’mni bilish zanjiri gippokamp bilan birga o‘tadi, aynan shuning uchun ham ayrim hidlar emotsional xotirani uyg‘otadi. Masalan, yengil hidli atirlarni hidlab, uni ishlatadigan odamni eslash mumkin. Miyaning mazkur qismidagi buzilishlar hid va ta’m bilishda xatolarni yuzaga keltiradi”, — deya qo‘shimcha qilgan otorinolaringolog.

Odatiy hid hamda ta’m bilish qobiliyatiga qaytish odamning individual xususiyatlariga bog‘liq jarayon.

“Kimdadir beshinchi kun, boshqa birovda kasallikni o‘tkazganidan keyin besh oy o‘tgach, hid va ta’m bilish qobiliyati qaytadi”, — degan shifokor.

Avval britaniyalik olimlar koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgarganini hamda koronavirusdan sog‘aygan insonlarning aqliy salohiyat darajasi tushib ketayotganini aniqlagani haqida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?